Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish


PDVni ishlab chiqish jarayoni bloklari quydagilar


Download 445.79 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi445.79 Kb.
#1536472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza

PDVni ishlab chiqish jarayoni bloklari quydagilar.
  • Oʻquvchining roʻyxatdan oʻtish bloki.
  • Oʻquvchining bilim salohiyatini tekshiruvchi bloki.
  • Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari roʻyxati va baholar bloki.
  • Amaliy mashgʻulot bloki:
  • Laboratoriya mashgʻuloti bloki:
  • PDV bilan ishlash boʻyicha yordam tizimi.
  • Uvga vazifa berish bloki.
  • Oʻqituvchi bloki:

PDVlarni yaratish uchun mutaxassis pedagog — oʻqituvchilar tomonidan maʼlum bir taʼlim jarayoni loyihalashtiriladi. Boshqa mutaxassis pedagog- oʻqituvchilar bilan muhokamadan oʻtkazgach, loyiha matni dasturchilarga beriladi. Dasturchilar loyiha bilan tanishib chiqqanlaridan soʻng, uni tayyorlash uchun kerakli bloklarni mutaxassis pedagog oʻqituvchilar bilan kelishgan holda tanlaydilar. Dasturchilar PDVni shunday ixcham qilib yozishi kerakki, PDV tez va aniq, har bir qadami nazoratli boʻlishi hamda har bir bloki uchun mukammal dastur va barcha bloklarni oʻzida qamrab olgan maʼlumotlar ombori tuzilgan boʻlishi kerak. Biz yuqorida keltirgan bloklarning ishlashi mazmunini qisqa bayon qilib oʻtamiz.
Oʻquvchining roʻyxatdan oʻtish bloki. Oʻquvchining roʻyxatdan oʻtishini tashkil qiladigan blok boʻlib, har bir oʻquvchining PDVda ishlash jarayonini tahlil qilish, uni oʻzlashtirishi haqidagi hisobotlarni olish uchun ishlatiladi.
Oʻquvchining bilim salohiyatini tekshiruvchi blok. Bu blokda oʻquvchining bilim salohiyatini tekshirish jarayoni loyihalashtirilgan boʻlib, uyga vazifaga mos test topshiriqlari beriladi. Oʻquvchi testlarni bajarib, belgilangan oʻzlashtirishdan oʻtsa, keyingi bosqichga oʻtadi. Belgilangan oʻzlashtirishdan oʻtmasa, testlar soni oshib, savollari soddalashib boraveradi. Blokda har bir testga “vazn” kiritiladi.
Amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari roʻyxati va baholar bloki. Bu blokda boblar boʻyicha oʻquvchining amaliy va laboratoriya mashgʻulotlaridan olgan baholari har bir mavzu boʻyicha oʻquvchiga taqdim etiladi. Blok ekranga oʻzlashtirishni koʻrsatayotgan vaqtda maʼlumotlar ombori (MO)dan oʻquvchi uchun amaliy va laboratoriya mashgʻulotiga moʻljallab maʼlum qiyinlikdagi topshiriqlarni qidirib topadi.
Amaliy mashgʻulot bloki PDVning asosiy bloki boʻlib, oʻz ichiga bir nechta blokni qamrab oladi. Blok amaliy mashgʻulot jarayonini oʻzida qamrab olgan. Blokda oʻquvchiga qulaylik yaratish uchun ish maydoni, maxsus yorliqlardan foydalaniladi.

Download 445.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling