Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish
Download 445.79 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻqituvchi bloki
- Roʻyxatdan oʻtish bloki
- Laboratoriya mashgʻuloti topshiriqlarini tekshirish bloki
- PDV hisobotini olish bloki
Uyga vazifa berish bloki amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari bajarilgandan soʻng oʻquvchiga uyga vazifa beruvchi blok hisoblanadi. PDVning MOdagi “Oʻquvchining nazorat bloki” dan oʻquvchining mashgʻulotdagi oʻzlashtirish darajasi aniqlanadi. Soʻng uning oʻzlashtirish darajasiga qarab PDVning MOdan uyga vazifa beriladi.
Oʻqituvchi bloki. PDVdagi eng masʼuliyatli ish oʻqituvchi blokiga yuklatilgan. Bu blok yordamida PDVning MOdagi barcha maʼlumotlari, yaʼni mavzu, topshiriq, nazariy material, test savoli, uyga vazifa kabilar kiritiladi, oʻzgartiriladi, eskilari oʻchirib tashlanadi. Bundan tashqari PDVning MOga guruh va guruhdagi oʻquvchilarning ismi va sharifi ham shu blok yordamida yoziladi, oʻzgartiriladi, oʻchiriladi. Blok oʻzining bir nechta blok ostisiga ega. Roʻyxatdan oʻtish bloki. Roʻyxatdan oʻtish blokida oʻqituvchiga kalit soʻz berilgan boʻladi, shu kalit soʻz yordamida roʻyxatdan oʻtib, oʻqituvchi blokiga kiradi. Yangi guruh va оʼquvchilarning ismi sharifini kiritish, оʼzgartirish, оʼchirish bloki. PDVdan foydalanilayotganda turli guruhlar hamda guruhdagi oʻquvchilarning ismi va sharifi (oʻqishga kelish, ketish, familiyasini ...) oʻzgartirish vazifasini bajaradi. Laboratoriya mashgʻuloti topshiriqlarini tekshirish bloki. Blokda oʻquvchi topshirgan laboratoriya mashgʻulotini tekshirish va uni bahosini MOga kiritishdan iborat. Biror bir oʻquvchining laboratoriya mashgʻulotini tekshirish uchun birinchi guruhi aniqlanadi, soʻng ismi va familiyasi, nechanchi laboratoriya mashgʻuloti ekanligi tanlanadi. Oʻquvchi laboratoriya mashgʻulotini bajargan boʻlsa, laboratoriya mashgʻulotlari maydonida fayl hosil boʻladi. Oʻqituvchi faylni ochib, oʻquvchining ishini tekshiradi va baholaydi. PDV hisobotini olish bloki. Bu blok oʻquvchilarning oʻzlashtirish haqidagi hisobotlarni olish uchun xizmat qiladi. PDVda hisobotlarni ikki xil koʻrinishda: guruh boʻyicha va oʻquvchi boʻyicha olish mumkin. PDVning mаʼlumotlar omborini yangilash, оʼzgartirish, qoʻshish bloki. PDVda mavjud barcha maʼlumotlarni tahrirlash, oʻzgartirish, yangilash uchun maxsus dastur tuzilgan. Bu dastur MOdan tanlagan ixtiyoriy koʻrinishdagi maʼlumotni oʻzgartirish, yangilash, oʻchirish, matnni tahrirlash imkoniyatlarini beradi. Download 445.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling