Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish


Download 445.79 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi445.79 Kb.
#1536472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza

Test topshiriqlari bloki. Test topshiriqlarini maxsus test dasturiga MOdan chaqiradi. Oʻquvchiga ajratilgan vaqtda maʼlum sondagi testlarni MOdagi test topshiriqlaridan berib, oxirida test natijasini eʼlon qiladi.
Maʼlumotnoma bloki. Oʻquvchi tomonidan amaliy mashgʻulot vaqtida bajarilgan barcha qadamlar, harakatlar, har bir amalni oʻtishga ketgan vaqtlarni PDVning MOga yozib boradi.
Bilimlar ombori bloki. Bu blok amaliy mashgʻulotlar uchun kerakli barcha nazariy va amaliy maʼlumotlarni saqlaydi hamda boshqaradi.
Оʼquvchining nazorat bloki. Oʻquvchining har bir amalidan soʻng ragʻbat, tanqid kabi muloqot oynalarini hosil qilib, ishini nazorat qilib boradi. Nazorat haqidagi maʼlumotlarni maʼlumotnoma blokiga uzatadi va oʻquvchining amaliy mashgʻulot boʻyicha bahosini aniqlaydi.
Laboratoriya mashgʻuloti bloki. Bu blok ham PDVning asosiy bloklaridan hisoblanib, laboratoriya mashgʻuloti davomida oʻquvchilar bilan boʻladigan toʻliq jarayonlarni oʻzida namoyon qiluvchi blok ostilariga ega. Unda ishchi maydon, topshiriq maydoni, trenajyor, topshiriqni bajarishga namuna, bajarilgan topshiriqni topshirish maydonlari mavjud.
Laboratoriya mashgʻuloti mavzulari bloki. Bu blok MOdan tanlagan laboratoriya mashgʻuloti mavzusini, hamda mavzuga mos kalitni aniqlaydi. Shu kalitni laboratoriya mashgʻuloti uchun bosh kalit qilib beradi. Mavzuning maqsadini ish maydoniga, topshiriqni esa topshiriq maydoniga uzatadi.

Variantlar bloki. Kompyuterning variantlilik xususiyatidan foydalanib, tarmoq kompyuterlari boʻyicha MOdan topshiriq variantlarini aniqlab, manzillarga uzatadi. Bu blok oʻquvchi tomonidan murojaat qilingandagina ishlaydi.
Topshiriqni bajarishga namuna bloki. Bu blok eng katta blok osti hisoblanadi. Bu ham oʻquvchi tomonidan murojaat qilingandan soʻng faoliyat koʻrsatadi. Blok amaliy mashgʻulot bloki kabi oʻz yorliqlariga ega. Bu yorliqlarga: “Topshiriq”; “Nazariy material”; “Topshiriqni bajarish tartibi”; “Topshiriqni bajarishni namoyish etuvchi video rolik”; “Qadamma-qadam virtual laboratoriya”; “Umumiy virtual laboratoriya”lar kiradi. Bular amaliy mashgʻulot blokining blok ostilari kabi faoliyat koʻrsatadi.

Download 445.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling