Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish
Download 445.79 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarilgan topshiriqni topshirish bloki.
- Bilimlar ombori bloki
- PDV bilan ishlash boʻyicha yordam tizimi.
Trenajyor bloki. Bu blok trenajyor dasturini chaqiradi. Trenajyor “ dasturlar ham taʼlim berishning yangi vositalaridandir.
Trenajyor dastur — bu kompyuterda mashq qildiruvchi dastur hisoblanadi. Trenajyor dasturlar keng qamrovli boʻlib, ularning ishlashi bir necha bosqichdan iborat boʻlishi mumkin. Trenajyor dastur — oʻquvchilarga maxsus uskuna (buyruq)lar boʻyicha topshiriqlar beradi. Kompyuter oʻquvchiga bergan topshiriqlarning natijalari trenajyor hisobchisi tomonidan qayd qilib boriladi. Agar oʻquvchi topshiriqlarga javob bera olmasa, trenajyor uning javob bera olmagan topshiriqlarini oʻziga yana qaytib beradi. Bu jarayon oʻquvchi barcha topshiriqlarni toʻgʻri bajarganidan soʻng toʻxtaydi. Demak, trenajyor dastur oldiga qoʻyilgan maqsadga, yaʼni oʻquvchiga uskuna (buyruq)larni toʻliq oʻrganib boʻlgach, uning qanday oʻzlashtirganligi haqida axborotni beradi. Bajarilgan topshiriqni topshirish bloki. Blokda oʻquvchi tomonidan laboratoriya mashgʻulotida tayyorlangan ish PDVga taqdim etilishi kerak. Agar taqdim etilmasa, PDV ishi yakunlanmaydi. Chunki oʻquvchining bajargan laboratoriya mashgʻuloti natijasi boʻlishi shart. Oʻquvchi tomonidan taqdim etiladigan ish maxsus joyga nusxalab olinadi va ishning qaysi manzildan koʻrsatilganligi, fayl nomi haqidagi maʼlumot MOda qayd qilinadi. Bir necha bor, bir xil nomli fayllarni ham qayd qiladi va nusxalab qoʻyiladi. Nusxalash manzilini quyidagicha tanlash mumkin: “disk:\dast_lab\guruh\ismi va sharifi\laboratoriya ishi _№\ fayl nomi”. Bilimlar ombori bloki. Bu blok laboratoriya mashgʻuloti uchun kerakli barcha nazariy va amaliy maʼlumotlarni saqlaydi va bosh kalitga mos qilib boshqaradi. Oʻquvchining nazorat bloki. Oʻquvchining har bir amalidan soʻng ragʻbat, tanqid kabi muloqot oynalarni hosil qiladi hamda ishini nazorat qilib boradi. Nazorat haqidagi maʼlumotlarni oʻquvchining maʼlumotnoma blokiga uzatadi va laboratoriya mashgʻulotini bajarish boʻyicha bahosini aniqlaydi. PDV bilan ishlash boʻyicha yordam tizimi. Tizim ikki xil: oʻqituvchi va oʻquvchiga moʻljallangan yordam tizimlaridan iborat. Tizimning vazifasi PDVda qanday ishlash, talablar, yoʻl qoʻyiladigan xatoliklarning oldini olish hamda muloqot tizimlari haqida oʻqib oʻrganish uchun yordamchi matnli maʼlumotlar joylashtirilgan. Oʻqituvchiga PDV instruktsiyasi haqida yordam keltirilgan boʻladi. Download 445.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling