Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet1/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
ДИАГ




АБДУЛЛАЕВА Ш.А., РЎЗИЕВА Д. И.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
VA
KORREKTSIYA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
ABDULLAYEVA SH.A, RO’ZIYEVA D.I.

PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKTSIYA
5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi ихтисослиги бўйича магистрантлар учун


DARSLIK
TOSHKENT – 2018


Муаллифлар: Абдуллаева Ш.А., Рўзиева Д.И.

Тақризчилар, pedagogika fanlari doktorларi, профессорлар:


Ходжаев Б.Х., Мардонов Ш.Қ.







Mazkur дарслик МD-5A1109001- рақам билан рўйхатга олинган (2.05. 2017 yil) fan dasturi асосида тузилди ва Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslibiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining 2018-yil “__”_______dagi “___”-son majlis bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etilди ( 7- sonli bayonnoma qarori)
Mazkur дарслик педагogika олийгоҳлари 5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi ихтисослиги бўйича таҳсил олаётган магистрантлар учун
мўлжалланган бўлиб, Ўзбекистон Республикаси олий таълим давлат стандартлари асосида тузилган. Унда ихтисослик фани «Педагогик диагностика ва педагогик коррекция» бўйича ўқув режада кўрсатилган «Pedagogik diagnostikaning ilmiy-nazariy asoslari«, «Pedagogik diagnostika o`tkazish yo`llari va keng qo`llaniladigan metodlari», Umumiy o`rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni», «Коррекцион тадбирлар»га хос ҳамда турли pedagogik treningларни ўтказиш бўлимларига монанд мавзулар киритилган.


С ЎЗ БОШИ

O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida shaxs manfaatlari va ta'lim ustuvorligi orqali insonning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri – ta'lim ehtiyojlarining qondirilishi har jihatdan yoshlarning qobiliyatlari va imkoniyatlarini, o`ziga xos individual xususiyatlarini o`rganishni, yo`naltirishni va rivojlantirishni talab etadi. Shu sababli pedagogik amaliyotda o`quvchi –yoshlarning rivojlanish darajasini hamda ularning intellektual qobiliyatlari va boshqa sifatlarini tezkor diagnostika qilishga talab ortib bormoqda. Bolaning shakllanish jarayonini, uning aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasini va tafakkur qobiliyatini bilmasdan turib, ta'lim–tarbiya jarayonini samarali tashkil etish mushkuldir.


Abdulla Avloniy «Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni xohlar ekan, unda insonni har tomonlama o`rganishi kerak1»,– degan fikri ta'lim–tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning qanchalik muhimligini ko`rsatib turibdi. Shu jihatdan jamiyatimizdagi yoshlarni ўқитиш ва tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanish lozim.
Ta'limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish bo`lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob–axloq qoidalariga mos keladigan e'tiqodni, axloqiy malaka va ko`nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiya bilan shug`ullanadigan har bir tarbiyachi birinchi navbatda o`z faoliyatini va unda ko`zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo`lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur. Bunda pedagogik diagnostika katta ahamiyatni kasb etadi.
Ijtimoiy pedagogik diagnostika - bu pedagogik omillarning samaradorligini oshirish maqsadida sotsiologik, ekologik va ijtimoiy –psixologik sotsiumga hamda har bir shaxsga ta'sir ko`rsatishi haqidagi axborotlar majmuyi kabi bilish jarayonining tashkiliy qismidir. Uzluksiz ta'lim tizimidagi har bir qatnashchini tashxis qilish jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak.
Respublikamizda ma'naviy–ma'rifiy ishlarning bugungi holati uzluksiz ta'lim tizimi иштирокчилари: ўқитувчиларнинг ўзаро муносабатларга киришиши, педагогик фаолиятни оқилона ташкил этиш йўлларини ўрганишни, umumiy o`rta ta'lim maktablari, litsey, kollej o`quvchilari, oliy o`quv yurti talabalarining qobiliyatlari, iqtidori, bilimlarni o`zlashtirish hamda tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish yo`llari, vositalarini aniqlash; ta'lim–tarbiyaviy bosqichlararo uning uzviylik va uzluksizligini ta'minlaydigan metodikani yaratish, o`quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitish zarurligini ko`rsatadi.
Shakllanib borayotgan demokratik huquqiy davlatning yoshlarga nisbatan amalga oshirayotgan siyosati yigit va qizlarga o`z qobiliyat va iste'dodini yaxshiroq ro`yobga chiqarishda, yangilanish va taraqqiyot jarayonlariga faolroq qo`shilishga yordam berishdan iboratdir. Shu jihatdan mazkur darslikning yangiligi o`z qirralarini yanada yorqinroq namoyish etishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu дарслик pedagogik diagnostika va korrektsiyaning predmeti va tarixiy rivoji; o‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik diagnostika va korrektsiyaning o‘rni; pedagogik diagnostika va korrektsiya metodlari tasnifi; o‘quvchi shaxsi rivojini tashxis etish va korrektsiyalash metodikasi kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Magistratura ta’lim bosqichini tugallagan magistrantlar kelgusida ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Magistrantlarni pedagogik jarayonni tashxis etish va korrektsiyalash hamda diagnostik-korrektsion faoliyatni samarali tashkil etishlarida mazkur fan муайян даражада хизмат қилади.
Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrantlarni o‘quv-tarbiya jarayonini tashxis etish va korrektsiyalash hamda diagnostik-korrektsion faoliyatga tayyorlash.
Fanning vazifasi – magistrантlarni pedagogik diagnostika va korrektsiyaning funktsiyalari, tamoyillari va umumiy metodlari bilan таништириш, улар асосида педагогик фаолиятни ташкил этишга тайёрлаш; pedagogik jarayonni tashxis etish va korrektsiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish; pedagogik jarayonni tashxis etish va korrektsiyalash metodikalarini samarali qo‘llashga o‘rgatishдan iborat.
“Pedagogik diagnostika va korrektsiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistrант:
– pedagogik diagnostikaning mohiyati, predmeti va funktsiyalari;
– pedagogik diagnostikaning obyektlari;
– diagnostik tadqiqotlarning tuzilishi;
– pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq etishning umumilmiy tamoyillari;
– diagnostik tadqiqotlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar;
– korrektsion faoliyatning mazmuni va mohiyati;
– korrektsion faoliyatning asosiy tamoyillari haqida bilimga ega bo‘lishi;
– diagnostik ma’lumotlarni to‘plash, o‘lchash va qayta ishlash;
– pedagogik testlarni ishlab chiqish;

  • o‘quvchilarni aqliy va axloqiy rivojlanish darajalarini tashxis etish;

– o‘quvchi shaxsining kasbiy yo‘nalganligini tashxis etish;

  • korrektsion faoliyatning umumpedagogik va maxsus metodlarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

– o‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxis etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish;
– pedagogik diagnostika asosida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish;

  • diagnostik-korrektsion faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Дарсликда keltirilgan tashxislash va xulq–atvordagi nuqsonlarni bartaraf etish metodikasidan amaliyotda foydalanilmoqda. Кeltirilgan xulosalar, tavsiyalar oily o`quv даргоҳлари magistrantlari, тадқиқотчилар, professor-o`qituvchilar, shuningdek pedagogic diagnostika va pedagogik korreksiya masalalari bilan qiziquvchilarga moljallangan.




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling