Pedagogik diagnostika


M? ning DT majmui (Masofaviy ?sitishning didaktik ta'minot majmui)


Download 1.85 Mb.
bet79/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

M? ning DT majmui

(Masofaviy ?sitishning didaktik ta'minot majmui)




1. Mazmunli axborot bloki



2.Nazoratli kommunikativ blok



а) Мазмун



б)Ахборот

3. Умулаштирувчи
таќририй блок

а) Назорат блоки



б) Комму-никатив блок

13-rasm

Rasmda ko`rib turganimizdek, mazmunli axborot bloki ikkita kichik bloklarga (KB ga) bo`linadi.
Birinchi KB o`z ichiga diagnostika qilinayotgan Shaxs to`g`risidagi ma’lumotni, tashxislash muddatini, korreksiyalash metodlari va metodikalarini, yosh davrlari xususiyatlarini, tarbiyaviy tadbirlarning Shaklini, o`tkazish ma’qul bo`lgan vaqtini, foydalanish lozim bo`lgan zamonaviy axborot vositalarini (elektron pochta, telefoniya va boshqalar) tadbiq qilgan holda tashkillashtirilgan amaliy va seminar mashg`ulotlarini, maslahatlar jadvalini qamrab oladi.
Ikkinchi KB o`z ichiga pedagogik diagnostika va korreksiyalashga doir o`quv dasturlari, trening to`plamlarini, o`quv qo`llanmalarini, lug`atlarni, kichik qomuslarni, maxsus seminar rejalarini, qo`shimcha adabiyotlar ro`yxatini, talabalar bilan ilk tanishuv so`rovnomlarini, tajriba ishlarini o`tkazish bo`yicha tavsiyanomalarni qamrab olishi zarur.
Demak, mazmunli axborot bloki pedagogik diagnostika va korreksiyaning tashkiliy va tarbiyaviy funksiyalarini (vazifalarini) bajaradi va magnitli qog`ozli tashigichlarda taqdim etilishi mumkin. Bunda zamonaviy informatsion texnologiyalar (masalan, multimedia, gipermedia va boshqalar) dan foydalanish mumkin.
Nazoratli kommunikatsion blok (3) xam ikkita kichik bloklardan tashkil topgan, bular nazorat va kommunikatsion bloklardir. Birinchi KB turli ko`rinishlardagi testlarni o`z ichiga qamrab oladi, jumladan,


  • tahsil oluvchining tarbiyalanganlik darajasini aniqlovchi testlar;

  • murakkablik darajasiga ko`ra: o`ta murakkab (M), yuqori(YU), o`rta(O`) nazorat testlari;

  • Ijtimoiy faolligini aniqlovchi testlar; mustaqil nazorat savollari (umumiy va detallaShgan);

  • baxolaSh me’yorlari;

  • mazkur yoshda bilim, malaka, ko`nikmalarning o`zlashtirilishini nazorat qiluvchi jadval;

  • yakuniy nazorat attestatsiyalari va h.k.

Ikkinchi KB quyidagilarni qamrab oladi:



  • zamonaviy kommunikatsiya vositalari asosida tashkil qilingan turli ko`rinishdagi joriy maslahatlar va ularning jadvallari;

  • turli soha bo`yicha pedagog- koordinator va pedagog kuratorlar bilan uchraShuv jadvallari;

Mazkur blok vazifalarini matematika va gumanitar fan yo`nalishlari bo`yicha tahlil qilsak:
Masalan, matematika fani o`qitilayotganda nazorat kommunikatsion blokiga quyidagi vazifalar kiritilgan bo`lishi mumkin: nazariy axborot, tanish masalalar ustida izlanish, qo`shimcha masalalarni yechish va kiritish, vazifaning umumiy ko`rinishini o`zgartirish, analog yoki dublyor(egizak)-masalalar tuzish, vazifalarning umumiy va yakka elementlarini o`zgartirish, boshqa turli kombinatsiyalarda yechish, vazifani qisman bajarilish imkoniyatlarini qarab chiqish, qo`shimcha ma’lumotlarni kiritish, berilgan sonlarni hisoblaSh, ularni tahlil qilish, murakkablaShgan masalalarni yechish va boshqalar.
Pedagogika va psixologiya fanlari bo`yicha nazorat kommunikatsion blokka quyidagi topshiriqlarni kiritish mumkin: psixologik avtoportretingizni chizing; yangi darslikka annotatsiya yozing, muayyan mavzu bo`yicha sitatali reja tuzing; ma’lum tushunchani izohlang va isbotlaShga harakat qiling, kuzatuv natijalarini sarhisob qiling, vaziyatli masalalarni yeching, turli pedagogik va psixologik testlar va h. k.
Nazorat topshiriqlari turli pedagogik usullardan foydalangan holda tuzilishi mumkin va bir vaqtning o`zida ta’limiy- tarbiyaviy hamda diagnostik va korreksion vazifalarni bajarishi mumkin.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling