Pedagogik diagnostika


-расм. Педагогик муаммони ҳал этиш диагностикасини баҳолаш


Download 1.85 Mb.
bet83/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

6-расм. Педагогик муаммони ҳал этиш диагностикасини баҳолаш
Boshlang`ich sinflarda bolalarni turli to`garaklarga jalb etish o`ta foydali, chunki to`garaklarda bolalar qiziqishlari, mayllariga qarab, ularga qatnashadilar. Bunda motivatsiya yaratishga imkoniyat katta bo`ladi.
To`garaklarda o`quvchilar tafakkurini hayotiy faktlar bilan boyitish imkoniyati kengayadi, o`quvchilarda mantiqiy tafakkur rivojlantiriladi;
Boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishni to`g`ri tashkillashtirish ham o`quvchilarning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, taqdim qilinayotgan o`quv materialida berilgan axborot ustida amallar bajarilib undagi muammo yechimini topishga harakat qilish, izlanayotgan miqdor o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlash bolaning mushohada qilish qobiliyatini o`stiradi, uning axloqiy kategoriyalarni tez ilg`ab olishiga zamin yaratadi.
Shu munosabat bilan taqdim qilinayotgan o`quv materialini to`rt qismga bo`lish mumkin:
1.O`quv materialining tarbiyaviy xarakterga molikligi;
2. Undagi axborotlarning ta’sir kuchi;
3. yechimini topish zarur bo`lgan muammoning qo`yilishi;
4. O`qituvchi mahorati va guruh bilan konformligi(kirishuvchanligi);
Yuqorida keltirilgan barcha dalillar boshlang`ich sinfda taqdim qilinayotgan o`quv materialiga va o`tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning mohiyatiga jiddiy e’tibor bilan qarash kerakligini ko`rsatadi.
Ma’lumki, sifat alohida bir Shaxsning muayyan xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.
Fazilat-alohida Shaxs, el, elat, xalqqa taalluqli bo`lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmuidan iborat ekan, pedagogik korreksiyalashda mana Shu narsalarga e’tibor qaratilishi lozim.
Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Maktab o`qituvchilari o`quvchilarda ijobiy xislatlarni va fazilatlarni Shakllantirish maqsadida foydalanishlari lozim bo`lgan

Anketa savollari

Sinf rahbari bilan suhbat


1.O`quvchining xulqidagi nuqsonlarni ( nuqsonlar aniq ko`rsatilishit kerak) korreksiyalashda qanday qiyinchiliklarga uchramoqdasiz?
2.O`quvchining uyda va maktabdagi intizomlilik darajasi.
3. O`zlashtirish darajasi.
4.Qaysi konkret dalillar bolaning xulqidagi nuqsonlardan dalolat beradi.
5.Xulqdagi nuqsonlarni korreksiyalashda bolaga nisbatan qanday choralar ko`rildi va uning natijalari.
6. Bolaning uydagi yashash(turmush) tarzi.
O`quvchi bilan suhbat

  1. Umumiy o`rta ta’lim maktabini tugatgach, kim bo`lishni orzu qilasan?

  2. Qaysi fanlar seni qiziqtiradi?

  3. Nimalarni ko`proq o`qiysan?

  4. Sening o`rtoqlaring. Ular to`g`risida qanday fikrdasan?

  5. Maktabdagi, sinfdagi xulqingdan qoniqasanmi?

  6. Jamoada qanday ishlarni bajarasan? Uning natijalari

  7. Uyda bajaradigan eng sevimli mashg`uloting.

  8. Hayotda eng asosiy narsa nima deb o`ylaysan?

  9. Ota-onangizga munosabatingiz?

  10. Kattalarga bo`lgan munosabatingiz?




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling