Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari
Download 70 Kb.
|
Pedagogning axloqiy sifatlarining mazmuni.
Aqliy tajriba.
O’quvchilarda axloqiy tajriba hosil qilish pedagogik faoliyatning muhim jihatlaridan biri bo’lib, u ijobiy axloqiy xatti –harakatlarini bajartirish mashq qildirishdan iborat. Bu jarayonga o’qituvchilar va ota –onalar rahbalik qiladilar. O’qituvchi bu ishga pedagogikadan bilimdon mutaxassis sifatida yondoshishi kerak.U bolaga axloqiy ta‘sir o’tkazish mumkin bo’lgan barcha omillarni hisobga olish lozim. Bo’lajak o’qituvchilar pedagogika o’quv yurtida ta‘lim olish jarayonida bu sohada katta imkoniyatlarda egadirlar. Chunki o’quv yurtidagi nazariy mashg’ulotlar bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik amaliyoti bilan birga amalda oshiriladi, talabalar o’quvchilarning axloqiy ma‘rifatli qilishga doir tadbirlarni, topshiriqlarni bajaradilar, o’quvchilarda axloqiy mavzularda ma‘ruzalar qilib, ular bilan suhbat, uchrashuv, anjumanlar o’tkazadilar; ekuskursiyalarda birga borib, tarbiyasi qiyin bolalarda homiylik qiladilar, o’quvchilarning oilasidagi ma‘naviy –ruhiy vaziyatni o’rganadilar.Bo’lajak o’qituvchilar o’quvchilar bilan birga ijtimoiy foydali mehnatda, yozgi dam olish lagerlarida ishlash jarayonida ham o’quvchilarning axloqiy tajribasini tashkil etish, ularda yaxshi xulq- odatlarini mashq qildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’quvchilarni foydali mehnatning xilma –xil turlariga jalb etish axloqiy tajriba orttirishning muhim shartidir.Bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda mehnat faoliyatining ahamiyati katta. Mehnat jarayonida tejamkorlik, hamkorlik, o’z–o’ziga va tendoshlariga talabchanglik, mehnatsevarlik, uddaburonlik kabi ahloqiy fazilatlar shakllanadi. O’qish bola bajaradigan murakkab mehnatdir. Yetti yoshdan boshlab bola o’qishga jalb etiladi. O’qish sohasida erishilgan dastlabki yutuqlar uning qalbiga quvonch bag’ishlaydi, savod chiqarishda uchraydigan to’siqlarni, qiyinchiliklarni bartaraf etishga undaydi. Bunday xislat ta‘limning dastlabki payilarida hamma bolalarda uchraydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining qobiliyati xar –xil bo’lsa ham, lekin intiluvchanlik, tirishqoqlik tufayli ularning barchasi ma‘lum yutuqlarni qo’lga kiritadi. Bu borada muallim bolalarda o’qishda qiziqish va ehtiyojni,intiluvchanlikni tarbiyallay bilishi jkda muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchining o’qishga bo’lgan munosabatida uningmuallimga va u o’qitayotgan fanga axloqiy munosabati namoyon bo’ladi. O’qituvchining uy vazifalarini bajarishi, oiladagi mehnatga, uy-ro’zg’or ishlariga jalb etilishi ham, axloqiy tajriba orttirishda, yaxshi xulqiy odatlarni, ijobiy-axloqiy fazilatlarni mashq qildirish muhimdir. Ota-onaning bolaga muhabbati oqilona bo’lmog’i, bolani kelajakda mehnat bilan hayot kechirishga axloqiy-ma‘naviy jihatdan tayyorlashi lozim. Ayrim ota-onalarning o’z bolasiga haddan tashqari muhabbati, hamma narsani muhayyo qilaverishi, bola bajarishi mumkin va lozim bo’lgan ishlarni ham ota-onanini o’zi bajaraverishi, bolaning axloqiy shakllanishiga salbiy ta‘sir etadi, uni tayyorga-ayyorlikka o’rgatadi, noz-ne‘matlarni qadrlamaslikka, kattalarni hurmatsizlikka olib keladi. Ota-onaning bolaga muhabbati, avvalo, uni sog’lom qilib ustirishga qaratilishi lozim. Maktab o’quvchilarini jamoat ishlariga, jumladan ikkinchi jahon urushi nogironlari, qarovchisi bo’lmagan keksalarga g’amxo’rlik qilish, ularning holidan xabar olib turish, xatti-harakatlarni mashq qildirishdir. Umumiy ta‘lim maktablarida bolalarni kasbga yo’naltirish sohasidagi ishlarga jalb etish ham axloqiy tajriba hosil bo’lishiga ko’maklashadi. Muallimning bu sohalarga muhim vazifalaridan biri tarbiyaviy ishlarga qiziquvchan, pedagogik ishlarni bajarishga, qobiliyatli o’quvchilarni tanlab, ularga turli topshiriqlar berib, qo’yi sinf o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni bajarishga jalb etishdir. Muallim dars o’tayotganida ayrim amaliy topshiriqlarni o’quvchilarga bajartirish, “assistent”, “yordamchi”, “laborant”, sifatida foydalanishi ijobiy natijalar beradi. Bola muallimning bunday topshiriqlarini bajonudil bajaradi va bu jarayonda pedagogik kasbining sirlarini o’rgana boradi. Bo’lajak o’qituvchi o’quvchilarni bu kabi ishlarga jalb etish jarayonida o’zi ham axloqiy jihatdan mukammallashadi, pedagogik tajriba orttiradi. Maktabda o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishning turli sohalarga jalb etish bolalarning axloqiy tajribasini tashkil etishda katta imkoniyatlarga ega. Sinfda, maktabda navbatchilik qilish natijasida bolalar bu ishlarni bajarish jarayonida bolada talabchanlik, jamoatchilik printsipiallik kabi axloqiy fazilatlar, axloqiy tajriba shakllana boradi. Sinfda starostalik vazifasini bajarish talabchanlik, adolatli bo’lish, halollik kabi axloqiy sifatlarni mashq qildirish uchun muhimdir. Bu jarayonda bolada ijtimoiy burchni bajarish, mas‘uliyatni his qilish, kattalarning topshirig’ini bajarish, tengdoshlariga topshiriqlar berish kabi axloqiy xatti-harakatlarga doir ko’nikma hosil bo’ladi, bola xulqiy tajriba orttiradi. Ayniqsa, yoshlar tashkilotlarining ishlarida faol qatnashish, badiiy havaskorlik, fizkultura va sport, munozaralar, konferentsiyalarni o’tkazish kabilar bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini ustirish bilan birga, ularning xulqini mashq qildirish, takomillashtirish maktabi bo’lib ham xizmat qiladi. Axloqiy mashqlarni bajartirish jarayonida maktab, oila, o’qituvchilar, ota-onalar bolaga nisbatan bir xil talab qo’ya bilishlari muhimdir. Ayrim oilalarda ota-onalar o’zlari sezmagan holda bolalari qalbiga qaysarlik, o’jarlik, o’zboshimchalik, ochko’zlik, kattalarga ishonmaslik urug’ini sepgan bo’ladilar. Bunday bolalarga yaxshi ishlarni bajartirish, ezgu xulqlarni mashq qildirish qiyin kechadi. Bundaylar orasidan “tarbiyasi qiyin” bolalar yetishib chiqadi. Qaysar bola kupincha kichiklikda katta yoshdagi kishilarning yaxshi niyati,odiligiga ishonchini yo’qotgan bo’ladi. Bolaning murg’ak qalbida paydo bo’lgan bu ishonchsizlik asta –sekin dushmanlikka, shavqatsizlikka aylandi va uni jo’rttaga yomon ishlar qilishga undaydi. Bundaylarni gap,nasihat bilan tuzatishamri mahol., ularni amaliy ishlarga faol jalb etish lozim. Illat bolaning qalbini, vujudini butunlay egallab olgan. Sinf rahbari, o’qituvchi bundan kech xabar topsa ham, bola qalbini shu shumg’iyadan tozalashni o’z burchi deb belishi kerak, oiladagi jaholat asoratini insoniylik,adolat, xayrixoxlik, xushyorlik bilan bartaraf etish zarur. O’z xulqidagi nuqsonni yo’qotishda bolaga amaliy yordam kerak. Pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchigina bola qalbiga yo’l topib, unga yaxshit ishlarni amalda bajartirib, mashq qildirib undagi qaysarlikni bartaraf etish mumkin. Badiiy adabiyotda, pedagogik amaliyotda bunday misollar ko’plab uchraydi. O’qtituvchining axloqiy qiyofasi, ibrat – namunasi bolaga har qanday nasihatda kura kuchliroq ta‘sir etadi.O’qituvchining fidoyi ishlarini, mehnati, yaxshi xatti –harakatlarini ko’rgan o’quvchi unga ergashadi. Muallimning bolalar bilan birga ishlashi, birga ovqatlanishi kabilar ham axloqiy ta‘sir utkazishda muhimdir. O’qituvchi “muallimning ayganini qilu, qilganini qilma!” qabilida ish tutishi mumkin emas.Kishi o’ziga nimani ravo ko’rsa bosho’alardan ham o’shani talab etishi axloqiy ta‘sir o’tkazishning bebaho usulidir. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling