Pedagogik fikr taraqqiyoti Al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta’lim -tarbiyaga oid qarashlari
Download 30.77 Kb.
|
Sharq uyg\'onish davrida
1. SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikr taraqqiyoti (Al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta’lim -tarbiyaga oid qarashlari pedagogik fikr taraqqiyoti (Al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta’lim -tarbiyaga oid qarashlari. Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to'g'risida ham asarlari bo'hb, «Tarix kitobi» («Kitob at-tarix») xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta’kidlash joizki, alloma o'zigacha bo'lgan ilmiy bilimlarning asosiy g'oyalari, m etodlarinisintezlashtirdi. U ilmiy bilim larni o'rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi. Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to'plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-1 muqobala» asarida olimlarni uch guruhga boiib shunday yozadi: «Ulardan biri o'zidan awalgilar qilgan ishlami amalga oshirishda boshqalardan o'zib ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o'zidan awalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo'lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to'playdigan odam bo'lib, u o'zidan awalgilar haqida yaxshi fikrda bo'ladi, takabburlik qilmaydi va o'zi qilgan ishidan mag'rurlanmaydi». Muhammad al-Xorazmiyning bu fikrlari bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa; ikkinchi tomondan, o'sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o'qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko'rsatadi. Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko'rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko'rsatadi. «Men arifmetikaning oddiy va m urakkab masalalarini o'z ichiga oluvchi «Aljabr va-l-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»nita’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, yer o'lchashda, kanallar o'tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o'xshash turhcha ishlarda kishilar uchun zarurdir». Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasaw ur orqali farq qihsh haqida fikr bayon etgan: sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo'lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi. Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo'shdi. U birinchilardan bo'lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviyob’ektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida echishni ishlab chiqdi). U matematik g'oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo'lishini asosladi. Masalan, er ishlari, binolar qurish, kanallar qazish shunday paydo bo'lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o'rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi160 dan ortiq ilmiy asar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy tahminan 941-yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog'da qorovul bo'lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug'ullanadi. 943-967 -yillari esa Halabda yashaydi. 949- 950 -yillarida Misrda ham bolgan. So'ng yana Damashqga qaytib, shu erda 950 -yili vafot etgan. Damashqdagi «Bob as-sag'ir» qabristoniga dafn qilingan. Abu Nasr Forobiy ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ohm. U tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bihmlarning barcha sohalarida ilmiy ish ohbborgan. Forobiy o'zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turh sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt- saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deydi. t Forobiy odamlarni turh belgilarga qarab guruhlarga bo'ladi. Bunda u kishilarning diniymashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlari, qobiliyatlari, iqtidori, bilim ko'nikmalariga e’tibor berish zarur, deydi. 2. Mustaqil O’zbekistonda ta’lim va pedagogik fikr taraqqiyoti Mustaqqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo`nalishlari. Mustaqillik e’lon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillardanoq O‘zbekiston Hukumati ta’limga ustivor soHa sifatida e’tibor berib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim soHasida aniq va ravshan Hamda ilmiy asoslangan davlat siyosati mavjud bo‘lib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanadi Hamda Har bir fuqaroning bilim olishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan. Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muHit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. CHunki Huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy soHalarda olib borilayotgan isloHotlarda asosiy maqsad Ham barcha fuqarolarning Hayotini ijtimoiy Himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviy jiHatdan yuksaltirish, eng muHimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon Hayot barpo etishdan iboratdir. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz Hukumati xalq ta’limi tizimini tubdan isloH qilishni va milliy kadrlarga bo‘lgan eHtiyojni tobora ortib borayotganligini Hisobga olib ta’lim tizimini Ham yangilashni taqozo etar edi. SHu maqsadda 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun Hamda “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” keng muHokama qilindi va tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ta’lim, tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va Har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion Huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo‘lib, unda Har bir siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy soHadagi isloHotlar Ham yangi ta’lim tizimida bosqichmabosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim soHasidagi isloHotlar Ham yangi bosqichma-bosqich o‘tish tamoyiliga asoslangandir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Ham uzluksiz ta’lim tizimini isloH qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo‘lib Hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha soHalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan aHamiyatlidir. SHunga ko‘ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga javob bera oladigan jaHon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadiga e’tibor berib borilmoqda. Ta’lim soHasida “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun qabul qilinganligi, 1996—1997 yildan boshlab birinchi sinflarda o‘qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda dastur, qo‘llanma, dasrliklarning yaratilganligi — bu ta’lim soHasida qo‘yilgan dastlabki odimlar edi. O‘tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o‘quvchilar chet ellarda ta’lim ola boshladi. O‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganib kela boshladilar.Viloyatlarda yangi-yangi biznech maktablari, kichik va o‘rta kasb Hunar kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona xodimlari, audit v.b. yangi mutaxasissliklar kiritildi. Oliy maktab soHasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o‘quv muassasalariga jalb etildi. “MaHalla”, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy”, “Ulug‘bek”, “Umid” jamg‘armalari Ham ta’lim soHasini rivojlantirishga Hissalarini qo‘shmoqdalar. Lekin Hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga qaramay ta’lim tizimi Hali Hayot talabi darajasida natijalarga erishmayotgani, eski SHo‘ro zamonidan meros bo‘lib qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xalos bo‘la olmagani, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish muammolari to‘liq Hal etilmagani va niHoyat, amaldagi ta’lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida rivojlana olmaganini ko‘rsatmoqda.SHuningdek, mutaxassislar kadrlar tayyorlash, ularga bilim va tarbiya berish tizimi mamlakatimizda amalga oshayotgan isloHotlar bilan bog‘lanmagani, maktablarning moddiy bazasi talabga javob bera olmayotgani, kadrlar, o‘qituvchilar tayyorlash muammosi Hali Hal etilmagani ma’lum bo‘ldi. O‘quv dasturlari, qo‘llanma va darsliklar Ham talabga javob bera olmayotganini Hayot ko‘rsatmoqda Mustaqqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo`nalishlari. Oliy ta’lim soHasida Ham isloHot o‘tkazishni talab qila boshladi. Bularning barchasi Hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar MaHkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloH etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi darajasida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Hamda “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi. 3 Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni. Yan Amos Kamenskiyning pedagogik tizimi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bogliqdir. Binobarin, mustaqillik tufayli ko'hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar vujudga keldi. Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi ornini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo'ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qogoz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizircf kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'lish o'ylab topildi. Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqali Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi. O'rta asr G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki guruhga bo'lingan va etti fanni o'z ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga kelgan edi. Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to'rt fandan iborat bo'lgani uchun lotincha «kvadrivium» deb nomlandi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo'hb bu etti fanni «etti erkin san’at» deb atash rasm bo'lib qoldi. Yan Amos Komenskiy Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o'zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek ohjanob ishga bag'ishlagan ulug1 pedagogdir. Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo'lib, bu jamoa Chexiyaningozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o'z atrofiga to'plagan edi. Komenskiy ota-onasidan ajrahb, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o'sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanhgini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishh bo'hshi kerak. Maktabni tugatgach Xorbomi universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi,so'ngra Geydelberg universitetida o'z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi. O'sha davrda knyazliklar orasidsiJboshlangan 30 yillik urush (1618— 1648) tufayh «Chex qardoshlari» jamoasi nemis dvoryanlari tomonidan vatanlaridan quvg'in qilinadi. Shu tariqa Komenskiy xotini va bolasidan juda bo'ladi. Qo'lyozmalari yo'qoladi. «Chex qardoshlari» ko'chib kelgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy gimnaziya tashkil etadi. U o'zining 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratgan «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalaming suratlari» (1658) kabi asarlar uning eng salmoqli asarlari dir. Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko'ramiz. 1. Naturahstik falsafa. XVI-XVII asrlarda inghz materialist faylasufi - Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o'qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bihsh sezishdan boshlanadi. Sezish bolmagan erda bihsh ham yo'q, deydi u. 4 RUS PEDAGOG OLIMLARI VA ULARNING PEDAGOGIK G’OYALARI,K.D USHENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI VA DIDAKTIK TA’LIMOTI REJA: 1.Rossiyada ilg’or pedagogik g’oyalarning paydo bo’lishi 2.K.D.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi 3.L.N.Tolstoyning pedagogik fikrlari Rus pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy qiwr yilda Tula shahrida tug’ildi. U Novgorod-Severskdagi gimnaziyada o’rta ma’lumot olgach, qir0 yilda Moskva universitetining Adliya fakul:tetiga o’qishga kirdi. Universittetni tamomlagach ww yoshda Yaroslavldagi adliya litseyida qomus, (entsiklopediya) qonunchunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor lavozimini bajaruvchi qilib tayinladi. Ushinskiyning xalqparvar harakati litsey rahbariyatiga yoqmadi, oqibatda uni litseydan ishdan bushatdilar, shu sababli u boshqa o’quv yurtlariga o’qituvchilik ishiga kira olmadi.y0-yillardagi ijtimoiy pedagogik Ushinskiyning pedagogik iste:dodini shakllanishiga yordam berdi. qitr-qito yillari u do’stlari yordamida Gatchina etimxonalar institutiga ishga kirdi avvaliga rus tilidan o’qituvchi, keyin esa sinflar inspektori bo’lib ishladi. U institutda o’quv rejasi va dasturlariga, ta’lim jarayoniga jiddiy o’zgarishlar kiritdi, metodik yullanma berdi. Ushinskiy qitu yildan e:tiboran {jurnal dlya vospitaniya} sahifalarida o’z maqolalarini chop ettira boshladi. qiy0 yilda u {xalq maorifi} jurnalining muharriri qilib tayinlandi.qiyq yilda o’zining birinchi asari- {Bolalar dunyosi} nomli o’qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob shu yilning o’zidayoq ikki marta nashr etildi. K.D.Ushinskiyning Smol:niy aslzoda qizlar institutidagi faol pedagogik faoliyatini ayrim reaktsion kayfiyatdagi amaldorlarning o’qituvchilarning noroziligini uyg’otdi va qiyw yili ishdan bushab, pedagogikadan darslik to’zish bahonasida chet elga ketadi.U erlarda {Rodnoe slovo} darsligi nashr etildi. Qiu0 yilda {muallimlar uchun qullanma},{Ona tili}darsliklari chop etildi. Bundan tashqari Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari {Kishi-tarbiya predmeti sifatida}asari qiyu yilda I tom, qiyo yilda II tomi bosilib chiiqdi.{Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi tug’risida}, {Pedagogik adabiyotning foydasi haqida}, {Maktabning uch elementi}, {ona tili} kabi maqolalar yozgan. {Ona tili}asarida tilni o’rganishning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritsa, ta’limning psixologik va mantiqiy asoslari asarida muallifning diqqat, xotira, tafakkur tug’risidagi nazariy qaralari bayon etilgan.Ushinskiy xalqni har tomonlama tarbiyalash uchun uzining umuminsoniy tarbiya g’oyasini olg’a surdi. U {Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi} nomli asarida ta’kidlashicha oila bolalar organizmida ota-onalar xarakterining takrorlanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.K.D.Ushinskiy chet el maktablairida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani urganib, o’zining {Boshlangich ta’lim metodikasi} asarini yozdi. Unda boshlangich maktabdagi ta’limmazmunini asoslab berish bilan birga uning qoida, qonun, tartib, metod va vositalarini ishlab chiqarish didaktika faniga katta hissa qushdi. U eng avval o’qitishni bolalar mehnati bilan bog’lashni tavsiyaqildi. Uning fikricha har bir fanni o’qitishda tarbiyalanuvchiining hissasiga tutadigan mehnat uning yoshi va kuchiga loyiq bo’lib, aqliy meeehnatdan dam olish uchun jismoniy mehnat bilan shug’ullanish zarurligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning xalqchilligi haqidagi g’oya Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g’oyadir. U ta’lim-tarbiya ishlarida tarbiya asosiy va hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini, tarbiyaning ta’limni ham o’ziga buysindirishini, lekin uning o’ziga xos mohiyatini yuqqa chiqarmasligini ta’kidlaydi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ta’limning kurgazmalilik, onglilik, puxtalilik, bolalar kuchiga mosligi va izchilligi printsiplarini foydalondi. Umuman K.Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi g’oyasini tarbiya nazariyasiga asos qilib oldi, boshlangich ta’lim asoslarini va metodikasini ishlab chiqdi, bu uning pedagogikani rivojlantirishdagi katta xizmatlaridandur.Rus xalqining ulug’ yozuvchisi, olimi, sharqshunos, pedagog va tanqidchi LEV NIKOLAEVICh TOLSTOY qiwi yilda Yasnaya Polyanada qishlog’ida tavallud topgan.Tolstoy qiro yili Yasnaya Polyanada dehkon bolalarni o’qitish bilan pedagogik faoliyatini boshlaganlar.Tolstoy o’zining didaktik qarashlari va darslik kitoblariga quygan talablariga asoslanib, {O’qish kitobini} (qiuwy) to’zdi. Keyinchalik u kitob ikki marta qayta ishlanib, qiut yilda {Yangi o’qish kitobi} nomi bilan nashr etildi. Tolstoy r ta {O’qish kitobi} va arifmetika darsligini ham yozgan.Yuksak badiylik, ifodalik, qisqalik, soddalik va materialning bolalarga tushunarliligi va jozibaliligi muhim belgilardan biridir.Tolstoy XIX asr y0 yillarning boshida tarbiya bolaning shaxsiga zulm qilishdan iborat, shuning uchun tarbiyada xatoga yul quyish kerak emas, faqat kattalarning bolaga bilimberishlarigina kifoya qiladi, degandi. Bu fikrning xatoligini keyinchalik Tolstoyning o’zi ham pedagogik faoliyati ham isbotladi. Haqiqatda, Tolstoy umuman tarbiyaga qarshi bo’lmay, balki o’sha davrdagi maktablarda olib boriladigan tarbiyaga qarshi edi. Tolstoy maktablar uchun qw ta fanni tavsiya etgan. Uning fanlarni o’qitish haqidagi qarama-qarshi fikri-qw ta fanni o’qitish kerak, ammo ularning hajmi va ularni o’qitish uchun ajratilgan vaqt o’quvchilarga bog’liq bulishi kerak degan edi. 5 Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda taʼlim tizimi. (АQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya vaboshkalar). Reja
2.AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlyandiya, Germaniya va boshka davlatlar ta`lim tizimi. Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimi tarakkiyotining ayrim masalalari Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta`lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga xam ega bo’lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta`limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi jahon tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda jahon ta`limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’qishlar, uchrashuvlar o’tkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, chet ellarda o’quv-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishiga e`tibor va qiziqishning tez sur`atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta`limi tizimlarida jahon ta`lim tizimini o’rganish bilan shug’illanuvchi muassasalar xam tashkil topmoqda. Jahon ta`limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar. Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag` miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta`lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta`lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’kuv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish ta`lim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. “Yangi dunyo”ning pedagogik g’0yalari Fransiya va Germaniya ta`limiga xam sezilarli ta`sir etdi. Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan kimyo, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv Dasturlari ham amalga oshirildi. Bu o’kuv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang’ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo’linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta`lim maktablarining yangi musiqa ta`limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan. Shuni ta`kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy ta`lim dasturi tarkibiga fizika, kimyo, biologiya, ba`zi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. Download 30.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling