- Amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan.U tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to’g’ri va chiroyli nutq tuzish yo’llarini o’rgatadi.
-
- Nutq madaniyati asoslari fani adabiy til me’yorlarini,uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishi,undagi ba’zi unsurlarning eskirishi,ular o’rnida jamiyatning yangicha talablariga javob beradigan, yangi normativ unsurlarning paydo bo’lishini kuzatib,qayd etib boradi.
- Har bir davr adabiy tilining o’z me’yorlari bo’ladi. Ba’zi bir xodisalar uzoq davrlar me’yor sifatida qo’llanilib kelishi mumkin
- Navoiy ijod etgan XV asr o’zbek adabiy tilining o’z me’yorlari mavjud edi, ularga ko’ra tilning fonetikasi,grammatikasi va stilistikasidan foydalaninshning o’z me’yori bor edi.U davr adabiy tilining o’z talafuffuz me’yorlari ham bo’lgan. Bu adabiy me’yorlar jiddiy o’zgarishlarga uchramasdan badiiy adabiyot tilida XIX asr oxirlarigacha amal qilib keldi.
- Bizning davrimizda o’zbek adabiy tili me’yorlari jiddiy yangilandi:so’z qollash,grammatika,talaffuz me’yorlari xalq jonli tili xususiyatlari asosida o’zgardi.
- Nutq madaniyati fani tilning hamma sohalari bo’yicha adabiy til me’yorlarini tadqiq qilib boradi.
- Eng maqbul xodisalarning adabiy me’yor sifatida mustahkamlanishi uchun tavsiyalar beradi.
- Biroq bu fan adabiy me’yorlar yaratmaydi,ba’zi bir xodisalarni majburan me’yorga kiritmaydi.Balki o’zbek adabiy tili faoliyatini,uning rivojlanishini kuzatib boradi,ob’yektiv qonunlarni kashf etadi,yangi tavsiyalar beradi xolos.
-
- Shu bilan birgalikda nutq madaniyati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari,sirlari,til normalari,nutqning sifatlari,nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo’lgan nuqsonlar va talafuzga doir muammolarni hal etish yuzasidan bahs yuritadi.Eng muhimi,o’z bilimi va dunyo qarashiga suyangan holda to’g’ri va chiroyli so’zlash yollarini o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |