Pedagogik jarayonda muloqotning mohiyati va tuzilishi
Download 19.97 Kb.
|
Pedagogik jarayonda muloqotning mohiyati va tuzilishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik muloqot
Psixologiya fanidamuomala kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi. Pedagogikada muloqoto'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega: • muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi; • muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-miyatga ega; • o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi; • pedagogikada muloqot - o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tka-zish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir; • muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi; • noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchi-ga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi. Pedagogik muloqot —bu o 'qituvchining o 'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir. Download 19.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling