Pedagogik keyslar


Download 7.22 Kb.
bet1/3
Sana12.11.2023
Hajmi7.22 Kb.
#1767976
  1   2   3
Bog'liq
Pedagogik keyslar-www.hozir.org


Pedagogik keyslar

Pedagogik keyslar


1-keys.Hozirgi vaqtda Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarida boshqa yo‘nalishni bitirgan talabalarni o‘zlarining arizalari va test sinovi asosida, magistraturaga va 7 oylik o‘qishga qabul qilib, 4 yil bilim olgan talaba bilan teng huquqli qilinmoqda. Mazkur holatda, ya’ni qayta tayyorlovni bitirgan ustozlarda, o‘z kasbiy faoliyat jarayonlarida oqsash jarayonlari yuz bermoqda. Bu holatni qanday izohlash mumkin?
Savollar:
  1. Muammo nimadan iborat?


  2. Mazkur muammoni Oliy ta’lim vazirliklari qanday bartaraf eta oladi?


  3. Siz bu muammoga qanday yechimlarni taklif qilasiz?




Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
  1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.


  2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.


  3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq daxldor bo‘lgan omil ( yoki ikkita omil)ni aniqlang.


  4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.


  5. O‘z fikringizni bayon eting.




Keysni yechish jarayoni:
1.Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilinadi.
2.Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3.Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4.Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5.Kichik guruh a’zolari fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
O‘qituvchining yechimi
1-omil: Professor o‘qituvchilar qayta tayyorlov asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilim va salohiyatini rivojlantirish maqsadida nostandart o‘quv mashg‘ulotlari va test topshiriqlaridan foydalanishlari lozim.
2-keys. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan bakalavr talabalari sessiyadagi baholarni yuqori olishda ayrim fanlarda o‘zlarining bilim salohiyatlaridan tashqari, guruh yetakchisiga yoki o‘sha oliygohda yuqori lavozimda faoliyat olib borayotgan talabalarning qarindoshlariga ham bog‘liq deb o‘ylashadi va talabalar orasida kutilgandek holat yuz berdi . Bu holatni qanday izohlash mumkin?

Savollar:


1.Muammo nimadan iborat?
2.Mazkur muammoni oliygoh rahbarlari qanday bartaraf eta oladi?
3.Siz bu muammoga qanday yechimlarni taklif qilasiz?

Download 7.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling