Oliy ta’lim o‘qituvchisi faoliyatining mazmun-mohiyati.
O‘quv ishlari (darsda va auditoriyadan tashqarida) – ma’ruza,
seminar, amaliy va laboratoriya ishlari; auditoriyadan tashqari –
konsultatsiya, reyting baholash, imtihon, kurs ishlari, malakaviy ishlarni
tekshirish va rahbarlik qilish, amaliyotni tashkil etish hamda nazorat
ishlarini baholash.
Noo‘quv ishlari:
a) o‘quv-uslubiy ishlar;
b) ilmiy-tadqiqot ishlari;
v) tarbiyaviy ishlar;
g) tashkiliy-uslubiy ishlar.
O‘quv-uslubiy ishlar. Ma’ruzaga tayyorgarlik, amaliyot, o‘quv-
uslubiy, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ma’ruza mazmuni, amaliyot,
seminarlarni ishlab chiqish, testlar, vazifa, nazorat ishlarini ishlab chiqish,
imtihon savollarini tuzish, elektron o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarini
yaratish, yangi o‘quv qo‘llanmalarini yozish va chop etish, metodik
adabiyotlarni qayta chop etishga tayyorgarlik, muharrariyat ishlari, o‘quv
jarayonlari uchun multimediya va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash,
talabalarning bilimlari yuzasidan reyting nazorati o‘tkazish, ochiq
darslarda qatnashish va o‘tkazish, fakultet, oliy maktab, metodologik
komissiya ishlarida va pedagogik kengashlarda qatnashish.
O‘qituvchining ilmiy-tadqiqot ishlari. Rejalashtirilgan davlat va
nodavlat ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, ilmiy konferensiyalarda
qatnashish, ilmiy maqola va monografiyalarni yozish, xalqaro va
mamlakat tarmoqlari bo‘yicha grant va loyihalash ishlarida qatnashish,
doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash, opponent va taqrizchi sifatida
qatnashish, ilmiy to‘plam va hisobotlarni tahrir qilish, talabalar, magistr va
ilmiy xodimlarning to‘garaklari yoki muammoli guruhiga rahbarlik qilish,
tajriba maydonlarida rahbarlik qilish, tabalarni olimpiada, ko‘rik-tanlovlar,
ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarda qatnashish uchun tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |