Педагогик компетентлик


O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana24.12.2022
Hajmi0.96 Mb.
#1060945
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari. Akademik guruhlarga rahbar 
sifatida ishlash, talabalarning guruhlarida tarbiyaviy ishlar shakllanishini 


68 
(suhbat, munozara) tayyorlash va tashkil qilish, talabalar uylaridagi 
ishlarda qatnashish, to‘garak, seksiya va klublarga rahbarlik qilish, 
universitet va fakultet tarbiyaviy tadbirlarini tayyorlash va ularda 
qatnashish. 
Tashkiliy-metodik ishlar. Rektorat va dekanat topshiriqlari ni 
bajarish, universitet, fakultet, kafedra ilmiy kengashlarini tayyorlash, 
ularda ma’ruzalar qilish, kafedra topshiriqlarini bajarish. 
Shunday qilib, o‘qituvchining kasbiy faoliyati o‘z ichiga pedagogik 
faoliyatning kopleks turlarini qamrab oladi. Ular, o‘z navbatida, chuqur 
bilim, oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy faoliyati talab qiladigan 
mutaxassisligi bo‘yicha takomillashgan ko‘nikmalar ni talab qiladi. Ana 
shu 
vazifalarni 
muvaffaqiyatli 
bajarish 
o‘qituvchi 
kasbiy 
kompetensiyasiga, uning doimiy takomillashib borishiga bog‘liq. Bunda, 
albatta o‘qituvchining kasbiy, shaxsiy sifatlari ham uning kasbiy 
kompetensiyasi aspektlaridan hisoblanadi. Shu ikki narsa – o‘qituvchining 
vazifasi va shaxsiy-kasbiy xususiyatlari uning kompetensiyasi asosi bo‘lsa, 
uning takomillashib borishi o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini belgilaydi.
O‘qituvchi shaxsiy tavsifi va o‘ziga xosligi. Ilmiy zehn – eruditsiya, 
kasbiy pedagogik madaniyat, pedagogik mahorat, ziyolilik, kasbiy 
pedagogik yo‘nalganlik, pedagogik fikr yuritish, o‘z faoliyatini sevish, oliy 
darajadagi umummadaniyat, kuzatuvchanlik, sezgirlik, ijodkorlik, hulq-
atvor, talabchanlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat, 
o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish, kommunikabellik, pedagogik optimizm, 
talabalar bilan ishlashga ishtiyoq, intellektual faollik, yangiliklarga 
qiziqish va ularni tatbiq etish. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling