Pedagogik konflektologiya fanidan


Download 65.48 Kb.
bet9/16
Sana16.01.2023
Hajmi65.48 Kb.
#1096525
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari

Ikkyuzlamachilik-Faqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangda g‘iybat qiladi (Pifagor)
Ezmalik-so‘zdagi beodoblikdir
Zolimlik-o‘zgalar hayotiga qarshi yo‘naltirilgan kuchdir
Zo‘ravonlik-O‘z so‘zini o‘tkaza olmagan ojiz odam, kuch va zo‘ravonlikka erk beradi
Jizzakilik – o‘zini tuta bilmaslik oqibatidir
G‘azab – bir muddatlik oshkora nafratdir; nafrat esa – yashirin, doimiy g‘azabdir (SH.Dyuklo)
Chiqisha olmaslik-Barcha janjallarning o‘ziga xos xususiyati – ikkala tomonning zaifligidir (F.Volter)
Bekorga va’da berish-Asossiz umid berish – insonni erkin nafasdan mahrum etishdir
O‘z so‘zi ustida turmaslik-O‘zini behurmat qilgan odamgina o‘z so‘zi ustida turmaydi
Bahslashish-ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishini esa kamdan-kam kishi uddalaydi (A.Olkott)
O‘zini tuta bilmaslik-Faqat dushmanlarini yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z xissiyotlari ustidan g‘alaba qilgan kishi ham marddir (Demokrit)
Jaholat-Insonning bittagina zolimi bor, u ham bo‘lsa – jaholatdir (V.Gyugo)
Shunday qilib, ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlaridan sanalgan - e’tiborni muammoga qarata olish, muammoda shaxslarni ayblamaslik, muammoni aniqlash, muammo mazmunida fikrni jamlash, shaxsga emas, muammoga xujum qilish, o‘zgani tinglashga tayyorlik va faol tinglash malakalarini qo‘llash, birovning xis-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, o‘z va’dalari va amallariga mas’uliyatli bo‘lish kabi qoidalariga rioya etish konflikt yechimini qidirish va uni hal etishga yo‘naltirilgan talablardan hisoblanadi. Ana shu talablarga qat’iy bo‘ysunush muammoda har ikki tomonning aziyat chekmasdan, hafa bo‘lmasdan, o‘z insoniy qadriyatlarini saqlagan va o‘zga kishi nafsoniyatiga tegmagan tarzda chiqib ketish, muammoni hal etish imkoniyatini beradi. Konflikt yechimida va bo‘lib o‘tgan voqea tahlilida umr bo‘yi bo‘lib o‘tgan nizolar va ular tarixini emas, balki kelajakda qanday qilib mazkur nizolar va ular tarixisiz yashashni o‘rganish lozim bo‘ladi. Konfliktda ortga, tarixga qarab emas, balki oldinga, istiqbolga qarab yashash darkor.

Download 65.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling