II.BOB. 2.1. Insonlarning qusurlari, nuqsonlari va kamchiliklari.
Insonlarning qusurlari, nuqsonlari va kamchiliklari
Bekorchilik
Bekorchilik o‘z-o‘ziga qilingan suiqasddir.
Xudbinlik
Shaxsiy xudbinlik – razillikning boshidir.
Xudbinlikning uch toifasi bo‘ladi: o‘zi yashab, boshqalarning yashashiga halaqit bermaydigan xudbin; o‘zi yashab, boshqalarga kun bermaydigan xudbin; o‘zi ham yashamay, boshqalarning yashashiga ham kun bermaydigan xudbindir (I.S.Turgenev)
Hasad-kishilar orasida janjalni boshlab beradi (Demokrit)
Xasislik-qancha kuchli bo‘lsa, rahm-shavqat shuncha kuchsiz bo‘ladi (F.Petrarka)
G‘arazgo‘ylik-odam haqgo‘y ham, qat’iy ham, mard ham, burchiga sodiq ham bo‘lolmaydi (V.A.Suxomlinskiy)
Jur’atsizlik-qanchadan-qancha yaxshi amallarning boshini yeydi.
Qo‘rqonlik-Eng tuban tuyg‘ular ichidagi eng tuban tuyg‘u – bu qo‘rquvdir (V.SHekspir)
Qo‘rqoqlik – rahmsizlikning boshidir (M.Montal)
Shuhratparastlik-Shuhratparastlikka berilish qadimdan donolarni beaql qilib kelgan (I.Kant)
Shuhratparast odam hamisha pastkash bo‘ladi(P.I.Chaykovskiy)
Takabburlik-ojizlik belgisidir
Maqtanchoqlik-odamlar donolarga kulgi, ahmoqlarga esa hayratomuz pesha, hushomadgo‘ylarga osongina o‘lja va o‘z shuhratparastligining qulidir (F.Bekon)
Dimog‘dorlik-Mayda odamlarda dimog‘ katta bo‘ladi ((F.Volter)
Ayyorlik-juda ham chegaralangan kishilarning hayot tarzidir
Yolg‘onchilik-Irodasiz yurak, farosatsiz aql va buzuq xarakterni yolg‘onchilik fosh etadi (F.Bekon)
Riyokorlik-Xushomadgo‘y odamlar surbetlarcha riyokorlikka hurmat bilan qaraydilar (O.Balzak)
Xushomadgo‘ylik-Odamni o‘ziga maqtash xushomadgo‘ylik belgisidir (Arastu)
Do'stlaringiz bilan baham: |