Pedagogik konflektologiya fanidan


O‘z amallariga mas’ul bo‘lish


Download 65.48 Kb.
bet7/16
Sana16.01.2023
Hajmi65.48 Kb.
#1096525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari

6. O‘z amallariga mas’ul bo‘lish.
Eng qadimgi davrlardan boshlab inson sivilizatsiyasi tarbiya va axloq masalalariga e’tibor bilan qaragan. Inson axloqiy normalari ichida o‘z so‘zida turish, burch, mas’uliyatli bo‘lish, birovlarga berilgan va’dalarga hurmat va ularni so‘zsiz bajarish inson komilligining oliy qadriyatlaridan hisoblangan. Ammo hayotda har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Ko‘pincha biz o‘z va’dalarimizni esdan chiqarib qo‘yamiz, o‘z so‘zimiz ustida turmaymiz. Bu – juda yomon odat. Ba’zan, boshqalarning bizga bergan va’dasini o‘z vaqtida bajarmagani uchun aziyat ham chekamiz. Insonning eng halokatli xatolaridan biri – yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod etishdir. Konfliktlar sharoitida o‘z so‘zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi ichida siz o‘z xohishingiz bo‘yicha o‘zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz, ularni bajarishga sayi-harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan bo‘lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so‘zlab, ishni bajara olmayotganligingiz haqida o‘rtoqlashishingiz lozim bo‘ladi. Konflikt sharoitida kuyidagi amallarga rioya qilish maslahat beriladi:
- tomonlar o‘rtasidagi turli shartnomalar va o‘z mas’uliyatingizdagi vazifalarni albatta bajaring.
- agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz bilan samimiy o‘rtoqlashing.
Bu amallar noto‘g‘ridir!
1. Tahqirlamoq;
2. Ayblamoq, doimo ayb qidirishga intilish;
3. Nafratlanish, hazar qilish va odamlar ustidan kulish;
4. Hamsuhbatdoshni tinglamaslik, uning so‘zlari va fikrlariga bepisandlik, e’tiborsizlik;
5. Tengma-teng bo‘lish;
6. O‘tgan ishlarni yuziga solish;
7. Bosim o‘tkazishga harakat qilish;
8. Boshqalarning so‘zlarini eshitmaslik, ular so‘zini qo‘pol ravishda bo‘lish;
9. Tahdid qilish, qo‘rqitish, nafsoniyat va hayotga havf solish;
10. Psixologik va jismoniy shantaj;
11. Kinoya, piching qilish, istehzo bilan munosabatda bo‘lish;
12. Boshqalarga tazyiq o‘tkazish;
13. Agressiv munosabatga o‘tish va zo‘ravonlik ko‘rsatish;
14. Kuch ishlatish, qo‘lga erk berish;
15. O‘z dilisiyohligini o‘zidan zaif odamlarga to‘kish;
16. Boshqalar haqida bo‘xton gaplar tarqatish, g‘iybat, gap tashuvchilik;
17. Ranjitish, dilsiyohlik, boshqalar ko‘nglini og‘ritish;
18. Buyruqbozlik, o‘zini boshliq deb bilish;
19. Mas’uliyatidagi vazifalarni bajarmaslik;
20. Mas’uliyatli qarorlar qilishdan cho‘chish.
Shunday qilib, ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlaridan sanalgan - e’tiborni muammoga qarata olish, muammoda shaxslarni ayblamaslik, muammoni aniqlash, muammo mazmunida fikrni jamlash, shaxsga emas, muammoga xujum qilish, o‘zgani tinglashga tayyorlik va faol tinglash malakalarini qo‘llash, birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, o‘z va’dalari va amallariga mas’uliyatli bo‘lish kabi qoidalariga rioya etish konflikt yechimini qidirish va uni hal etishga yo‘naltirilgan talablardan hisoblanadi. Ana shu talablarga qat’iy bo‘ysunush muammoda har ikki tomonning aziyat chekmasdan, hafa bo‘lmasdan, o‘z insoniy qadriyatlarini saqlagan va o‘zga kishi nafsoniyatiga tegmagan tarzda chiqib ketish, muammoni hal etish imkoniyatini beradi. Konflikt yechimida va bo‘lib o‘tgan voqea tahlilida umr bo‘yi bo‘lib o‘tgan nizolar va ular tarixini emas, balki kelajakda qanday qilib mazkur nizolar va ular tarixisiz yashashni o‘rganish lozim bo‘ladi. Konfliktda ortga, tarixga qarab emas, balki oldinga, istiqbolga qarab yashash lozim bo‘ladi.


Download 65.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling