Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 0.94 Mb.
bet160/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

Tashkilotchilik qobiliyati
Jadvalni to‘ldiring
1-guruh

Faollik

Tashabbuskorlik


















2-guruh

Ziyraklik


Ishchanlik





















Asosiy adabiyotlar
1. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. -Т.: “Iqtisod-moliya”, 2010y-312b.
2.Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik -Т.: “Iqtisod-moliya”, 2011y- 425b.
3.R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. 0 ‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya 2012-yil.
4. Mirziyoev SH. M. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoev. - Toshkent: O’zbekiston, 2016. - 56 b.
Pedagogik fikr taraqqiyotida o’qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas’uliyatlari.


6-Mavzu.O’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Reja:
1.O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari.
2.Muloqot jarayonida tashabbusni boshqarish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:Talabalardao’qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi haqidagi bilimlarni boyitish.
O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar o’qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasini o‘rganishadi
Ta’lim metodlari:amaliy usullar va interfaol usullar: klaster, aqliy hujum,blits so‘rov, insert va FSMU, BBB texnologiyalari.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar, har xil tarqatmalar.
Kichik ma’ruza:Pedagogik muloqot - bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto’g’ri pedagogik muloqotdan o’quvchida qo’rquv, ishonchsizlik paydo bo’ladi, e’tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi.
O’qituvining o’quvchilar bilan muloqoti bunday kayfiyatga yo’l qo’ymasligi, o’quvchini faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak.
A.S.Makarenko fikricha o’qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat bo’lishi kerak.
V.Suxomlinskiy aytadiki: "Maktab hovlisida gapirilganda har bir so’z o’ylangan aqlli, maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak". O’qituvchi so’zi faqat quloqqa emas, balki yurakka ham qaratilgan bo’lishi kerak.O’quvchi o’qituvchisiga do’stiga, o’rtog’i va ustoziga bo’lgani kabi munosabatda bo’lishi kerak. O’qituvchi o’quvchi munosabati do’stlikka asoslanishi lozim.
Umuman ilg’or pedagoglar fikricha tu’lim faqat hamkorlik pedagogikasi pozitsiyasida bo’lishi kerak.O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi Psiхоlоgik lug’аtlаrdа MULОQОT tushunchаsigа ikki хil tа’rif bеrilаdi: MULОQОT – hаmkоrlikdаgi fаоliyat ehtiyoji bilаn tаqоzоlаngаn аlоqа o’rnаtish vа uni rivоjlаntirish jаrаyoni bеlgilаr tizimi оrqаli sub’еktlаrning o’zаrо tа’sirlаshuvi Pedagogik muloqot deganda pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir
. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Sharqona udum va urf -odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
3. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling