“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son 
101 
ularning sportchi organizmiga ta’sirini kuchaytiruvchi har turli murakkablashtiruvchi unsurlar bilan birgalikda 
qoʻllaniladi.
Muhokamalar va natijalar. Jismoniy tayyorgarlikning barcha turlari muayyan oʻxshashliklarga ega. 
Yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligi sport ixtisosligi bilan chambarchas bog’liq. Mashq jarayonida 
jismoniy tayyorgarlikning biror turiga yetarlicha baho bermaslik oxir-oqibat sport mahoratining kuchayishiga 
toʻsqinlik qiladi. 
Yosh basketbolchilarning mashg’ulotlarida UJT va MJT vositalari nisbatiga qoʻyiladigan vazifalar, 
sportchilarning yoshi, malakasi, ularning alohida xususiyatlari, mashg’ulot jarayonining bosqich va davrlari, 
organizmning ayni paytdagi holatidan kelib chiqib oʻzgartiriladi. 
Sportchining malakasi oshib borar ekan, MJT vositalarining hissasi ortib, UJT vositalarining hajmi 
shunga muvofiq tarzda kamayib boradi. 
Yosh basketbolchilarning mashg’ulotlar davomida jismoniy rivojlanganlik darajasi (1-jadval). 
Bundan tashqari, yosh basketbolchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirish ham muhim omil 
hisoblanadi. Shu sababli yosh sportchilarning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida 
shug’ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog’liq bilimlarni oʻzlashtiribgina qolmay, oʻz jismoniy 
qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar. Hozirgi paytda sportchilarning harakat imkoniyatlarini tavsiflash uchun 
“jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atamasidan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma’lum ma’noda 
oʻxshash boʻlsalarda, lekin bir xil emas. Jismoniy qobiliyatlar, yosh sportchining u yoki bu mushak faoliyati 
talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy-fiziologik hamda morfologik 
xususiyatlari majmuasidir. Jismoniy tarbiya va sportda sportchilar qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar 
“kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan” degan iboralar oʻz aksini topgan. 
Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajtratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va 
muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil 
turlarida xilma-xil shakllarda namoyon boʻladi. 
Hozirda jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari ham mavjud. 
1. Harakat - jismoniy qobiliyatlarni yetakchi omili. 
2. Qobiliyatlar rivojining harakat faoliyati rejimiga bog’liqligi. 
3. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichliligi. 
4. Qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi (turli vaqtga mansubligi). 
5. Qobiliyatlar koʻrsatgichlarining qaytariluvchanligi. 
6. Jismoniy qobiliyatlarning koʻchishi. 
7. Harakat malakalari va jismoniy qobiliyatlarining oʻzaro aloqasi va birligi. 
Shu tufayli, yosh basketbolchilarning u yoki bu harakat faoliyatini qay darajada oʻzlashtirib olganiga 
qarab tegishli jismoniy qobiliyatlarni yuzaga chiqarish darajasi ham oʻzgaradi. Shuning uchun jismoniy tarbiya 
sohasida pedagogik jarayonni olib boruvchi kishi uni faqat ta’lim va tarbiya tamoyillariga emas, jismoniy 
qobiliyatlarini rivojlantirish tamoyillariga muvofiq ravishda qurishi kerak boʻladi. Bunda shuni hisobga olish 
lozimki, jismoniy mashqlarga oʻrgatish tamoyillari basketbolchilarda yagona talablarni oʻzida aks etadi: ularda 
har qanday pedagogik jarayon onglilik, faollik va boshqa tamoyillar asosida qurilishi zarur. Ammo mazkur 
tamoyillarning aniq roʻyobga chiqarilishi hal etilgan vazifalarga muvofiq boʻlishi shart.
Xulosa. Shunday qilib, maksimal yuklamaning haqiqiy koʻrsatkichlarini shug’ullanuvchilarning 
muayyan jismoniy holatiga nisbatangina aniqlash mumkin. Albatta, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda 
maksimal yuklamalarni shug’ullanuvchilarda tegishli tayyorgarlik mavjud boʻlganda, ularning yoshini, 
alohida xususiyatlarini, shuningdek, yuklamaning ham oʻziga xos jihatlarini e’tiborga olgan, boshqa 
tamoyillarga rioya qilgan holda qoʻllash zarur. Jismoniy yuklamaning kattaligi uning hajmi va shiddati bilan 
tavsiflanadi. Shunga koʻra yuklama ish hajmini aniq taqsimlash joiz. 
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Egiluvchanlik
Dinamik kuch
Statik kuch
Кооrdinatsiya Sakrovchanlik
Chidamlilik
O`rtacha MJT
mashg`ulotdan oldin o`sish darajasi
mashg`ulotlar paytida o`sish darajasi
https://buxdu.uz



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling