“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
PM. MS. Sport
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key competitions
Ключевые понятия: занятия, медицинское знание, физические упражнения, показатели движений,
физические качества, спортивные соревнования. The article discusses the considering degree of students about their health and physical preparation, them all practical activities, especially, physical culture lessons. The importance of how to practice in practice in sport activities and sport computations. Key competitions: exercises, medical knowledge, physical exercises, action demonstrations, physical qualities, sport competitions. Xalqimizda “Vatan ostonadan boshlanadi” degan naql bor. Bu tarbiya masalasiga ham ta’luqlidir. Tarbiya ham eng avvalo oiladan, donolar fikricha, hatto ona qornidan boshlanadi. Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi mutafakkir olimlarning ilmiy meroslarida jismoniy tarbiya va hozirgi sport turlari nazariy jihatdan o`z ifodasini topgan. Ibn Sino badantarbiyani boshlash va to`xtatish fursati haqida gapirib: “Badantarbiya boshlanish vaqtida badan toza bo`lishi, mutloqo to`ygan holatda va juda ochlikda jismoniy harakatlar qilish zararli ekanligini ta’kidlaydi. Ulug` hakim yil fasllarining qaysi vaqtlarida badantarbiya mashqlari bilan shug`ullanish darkorligini aniq ko`rsatib beradi. Chunki u kishi organizmiga har faslning o`ziga xos ta’sir qilishini aniqlagan va organizmda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni chuqur tahlil qila olgan. Xalqimizning xalq harakatli o`yinlari yoshlarimizning har tomonlama kamol topishimga (aqliy, jismoniy) xizmat qilib kelgan. Bu o`yinlar asrlar davomida, davrlarga mos ravishda o`zgarib, rivojlanib borgan. Salomatlik - odam organizmining hech qanday kasalliklar alomatisiz holati bo`lib, organizm funksiyalarining tashqi muhit bilan muvofiqlashuvidir. Odamning salomatlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, uning turli yuqumli kasalliklarga, past va yuqori harakatdagi jismoniy ishlariga bo`lgan chidamliligi ham shunchalik barqaror bo`ladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sport har bir inson uchun bebaho chiniqish maktabidir. Harakatli o`yinlar o`quvchilarda intizomlilik, jamoada o`zini tuta bilish va o`z obro`si uchun kurashish, o`rtoqlariga beg`araz yordam berish kabi fazilatlarni ham shakllantiradi. Harakatli o`yinlarni o`tkazish jarayonida ularning bir xil bo`lib qolishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Aks holda talabalarning o`yinga bo`lgan qiziqishi kamayib boradi. O`yin o`tkazilgandan so`ng ularni talabalar bilan birgalikda muhokama qilish keyinchalik shu o`yinlar takrorlanayotgan vaqtda boshqaruvchilik rolini eng faol talabaga topshirish maqsdaga muvofiqdir. O`yinlarni o`tkazish davomida o`qituvchi talabalarning hatolarini ta’kidlab turishi kerak. Xalq harakatli o`yinlarining ko`pchiligini ochiq havoda o`tkazishga harakat qilish kerak. Harakatli o`yinlaridan dars va o`quv to`garak mashg`ulotlarida samarali foydalanish mustaqil respublikamiz yoshlarining komil inson va jismonan sog`lom kadrlar bo`lib tarbiyalanishida muhim ahamiyatga ega. Dastur materiallarini muvaffaqiyatli ravishda o`zlashtirish va o`yin davomida o`yinchilarning faolligini oshirish uchun o`rgatishning didaktik tamoyillarini hisobga olgan holda darsning har xil shakllarida harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishga bo`lgan pedagogik talablarni bilish va ularni to`g`ri qo`llana olish lozim. Bunda o`yinni tanlash, tayyorgarlik ko`rish, o`yinga rahbarlik qilish va uni yakunlash o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi. O`yinni tanlashda quyidagilar hisobga olinadi: 1. Darsning qaerda va qanday formada o`tkazilishi. 2. Dars oldiga jismoniy tarbiya bo`yicha qo`yilgan vazifalar. 3. O`yin tanlashda yana muhim bir elementni, ya’ni darsning qismini hisobga olish lozim. 4. Biror pedagogik vazifani hal qilish uchun o`yin o`tkaziladigan joyning sharoiti va jihozlarning mavjudligi. 5. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o`yinlarni jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari bilan birga qo`llash, bunda ularni boshqa mashqlar orasidagi o`rnini to`g`ri belgilash. O`yinga tayyorgarlik ko`rish metodik jihatdan to`g`ri o`tkazish, o`yinchilarning ijodiy fikr yuritishi, ularda tashkilotchilik qobiliyatini o`stirish mashg`ulot vazifalarini to`la hal qilishda va nihoyat, mashg`ulotlarning samarasini oshirishda juda katta ahamiyatga ega. 1. O`yinni o`tkazish uchun eng avval joy va kerakli jihozlarni tayyorlab olish lozim. O`quvchilarni tozalikka, ozodalikka va mehnatga o`rgatish maqsadida hamma o`yinga tayyorgarlik ishlarini ular bilan birgalikda bajarish lozim. Ko`pgina harakatli o`yinlarni o`tkazish uchun turli jihozlar: bayroqchalar, rangli bog`lag`ichlar, tayoqchalar, to`plar va boshqalar ishlatiladi. Jihozlar rangli va yetarli miqdorda, kattaligi hamda og`irligi o`yinchilarning kuchlariga mos qilib, did bilan tayyorlangan bo`lishi lozim. https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling