“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

Asosiy qism. Koʻp sonli voleybol mashg’ulotlarini vizual kuzatish, voleybolga oʻrgatish va 
voleybolchilar tayyorlash jarayonlarini tahlil qilish natijasida shu narsa koʻzga tashlandiki, sakrab ijro 
etiladigan oʻyin usullarini shakllantirishga doir mashqlarni qoʻllashda shu usullarga muvofiq sakrash turininig 
kinematik va koordinatsion elementlari hamda fazalariga jiddiy e’tibor qaratilmas ekan. Shunday tasavvur 
yuzaga keladiki, sakrash, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi tushunchalari goʻyo sakrab ijro etiladigan 
oʻyin usullari texnikasiga qarab ixtisoslashmaydi, aksincha, ushbu tushunchalarga bir xil ma’no-mazmun va 
koordinatsion xususiyatlar bilan qaraladi. Sakrash turlariga oʻrgatish va ularni shakllantirish aynan shu prinsip 
asosida amalga oshiriladi. Vaholanki, sakrab ijro etiladigan oʻyin usullariga oʻrgatishda, sakrovchanlik va 
sakrash chidamkorligini rivojlantirishda joydan yoki yugurib kelib sakrashga tayyorlanish, qoʻllarni yoysimon 
yoʻnalishda (orqa-pastdan yuqoriga) faol harakatlantirish va inersion kuchni vujudga keltirish, debsinish, 
havoda (tayanchsiz holatda) zarur koordinatsiya - texnikani saqlash, muvofiq oʻyin usulini ijro etish, yerga 
qoʻnish va muvozanatni saqlash kabi kinematik faza - elementlarga alohida e’tibor qaratish oʻta muhim amaliy 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni samarali tashkil qilish uchun biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir qator 
blok-andozalardan foydalanish ijobiy natija berishi tahmin qilinadi.
Turli zonalardan turib yoki kerak zonaga tezkor harakatlanib zarba berish, toʻsiq qoʻyish, toʻp uzatish, 
shu jumladan, toʻp uzatishda qoʻllaniladigan toʻliq (maksimal balandlikda) sakrashlar texnikasi
koordinatsiyasi va kinematik elementlari bir-biridan tamomila farq qiladi. Shunday ekan turli zonalardan 
sakrab ijro etiladigan oʻyin usullariga oʻrgatish va ularni takomillashtirishda qoʻllaniladigan mashqlar 
muayyan raqib jamoa yoki raqib oʻyinchining qarshilik koʻrsatish taktikasiga asosan modellashtirilgan 
boʻlmog’i lozim. Bu borada oʻrgatiladigan sakrash turining kinematik elementlari, fazalari, biomexanik 
https://buxdu.uz



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling