“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal 021, Maxsus son issn 2181-6883


Key words: physical education, sports, football, physical activity, endurance, speed, strength,  movement, exercise, coach, active, passive


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/200
Sana05.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1275590
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   200
Bog'liq
PM. MS. Sport

Key words: physical education, sports, football, physical activity, endurance, speed, strength, 
movement, exercise, coach, active, passive. 
 
Kirish. Soʻnggi yillarda xalqimizning salomatligi toʻg’risida g’amxoʻrlik qilish, ma’naviy va jismoniy 
barkamol avlodni shakllantirish, millionlar oʻyini boʻlgan va mamlakatimizda alohida oʻrin tutadigan 
sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga 
oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh 
futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol 
boʻyicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni 
moddiy rag’batlantirish tizimini yaxshilash, oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi 
masalalar dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 4-dekabr 2019-yil 5887-sonli “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni 
mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻg’risida” Farmoni Oʻzbekistonda futbolni aholi 
oʻrtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, 
saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini 
rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida 
futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun 
oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik xalqaro musobaqalar
jumladan, oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qit’a birinchiliklarini oʻtkazish va 
barcha futbolga oid masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan. 
Asosiy qism. Jismoniy sifatlar faqat futbolchining emas, balki barcha sport turlarini rivojlantirish uchun 
asosdir. Futbolda jismoniy sifatlar alohida emas, balki har doim murakkab mashqlar asosida rivojlantiriladi. 
Biroq, kuch, tezlik, qobiliyat, moslashuvchanlik va chidamlilikning optimal rivojlanishi har bir sifatni 
tarbiyalashga alohida yondashuvni talab qiladi, shuningdek, har bir tayyorlov davrga va bosqichga qarab, 
ma’lum bir sifatni tarbiyalashga koʻproq e’tibor beriladi. Ma’lumki, jismoniy tarbiya uzoq muddatli jarayon 
boʻlib, uning maqsadi futbolchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligiga erishishdir. Jismoniy 
tayyorgarlikning bu darajasi oʻyin talablariga javob berishi kerak. Misol uchun, agar samarali oʻyin faoliyati 
uchun futbolchi 12000 metrlik oʻyinda ishlashi kerak boʻlsa va ulardan kamida 2000 metr maksimal kuchga 
ega boʻlsa, unda barcha turdagi chidamlilik va tezlik - kuch sifatlarini rivojlantirish darajasi har bir oʻyinda 
https://buxdu.uz



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling