Key words: physical education, sports, football, physical activity, endurance, speed, strength,
movement, exercise, coach, active, passive.
Kirish. Soʻnggi yillarda xalqimizning salomatligi toʻg’risida g’amxoʻrlik qilish, ma’naviy va jismoniy
barkamol avlodni shakllantirish, millionlar oʻyini boʻlgan va mamlakatimizda alohida oʻrin tutadigan
sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga
oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh
futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol
boʻyicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni
moddiy rag’batlantirish tizimini yaxshilash, oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi
masalalar dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 4-dekabr 2019-yil 5887-sonli “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni
mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻg’risida” Farmoni Oʻzbekistonda futbolni aholi
oʻrtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash,
saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini
rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida
futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun
oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik xalqaro musobaqalar,
jumladan, oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qit’a birinchiliklarini oʻtkazish va
barcha futbolga oid masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan.
Asosiy qism. Jismoniy sifatlar faqat futbolchining emas, balki barcha sport turlarini rivojlantirish uchun
asosdir. Futbolda jismoniy sifatlar alohida emas, balki har doim murakkab mashqlar asosida rivojlantiriladi.
Biroq, kuch, tezlik, qobiliyat, moslashuvchanlik va chidamlilikning optimal rivojlanishi har bir sifatni
tarbiyalashga alohida yondashuvni talab qiladi, shuningdek, har bir tayyorlov davrga va bosqichga qarab,
ma’lum bir sifatni tarbiyalashga koʻproq e’tibor beriladi. Ma’lumki, jismoniy tarbiya uzoq muddatli jarayon
boʻlib, uning maqsadi futbolchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligiga erishishdir. Jismoniy
tayyorgarlikning bu darajasi oʻyin talablariga javob berishi kerak. Misol uchun, agar samarali oʻyin faoliyati
uchun futbolchi 12000 metrlik oʻyinda ishlashi kerak boʻlsa va ulardan kamida 2000 metr maksimal kuchga
ega boʻlsa, unda barcha turdagi chidamlilik va tezlik - kuch sifatlarini rivojlantirish darajasi har bir oʻyinda
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |