Til va nutq. Nutq madaniyati - til normalarini egallamoq, talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shu- ningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Nutqda til - fikr almashish quroli, o‘qituvchi qalbining oyinasi, o‘qituvchining dars berish uslubini, pedagogik maho- ratini to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda - tildagi rang-barang vosi- talar o‘z ifodasini topsa, bunday nutq - boy nutqdir.
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vosita- lardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o‘sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro‘yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi.
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Nutq - tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real- likka aylangan fikr bo‘lib ikki xilda namoyon bo‘ladi:
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele- mentlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo- haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq - tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir.
O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshi- tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus bel- gilangan tartibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.
Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omoni- miyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va fraze- ologik iboralarda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |