Pedagogik mahorat
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Unsurul Maoliy Kayqovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib namunalaridan biri hisoblangan «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar bayon etilgan. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o’quvchini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So’zlaganda o’ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosalarni ko‘z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi aql-idrokli bo’lishi, o’zini xalq orasida omiy, kamtar tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko‘p gapirish donolik belgisi emasligini ta’kidlaydi, hamda “Odamlarda mavjud barcha qobiliyatlarning eng yaxshisi nutq qobiliyatidir” deydi. “Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo‘lsang ham, o'zingni bilgan- lardan pastroq tutgil, toki so‘z bilimdonligi vaqtida bekor bo‘lib qolma- gaysan. Ko‘p bilu, oz so‘zla, kam bilsang, kop so‘zlama, chunki aqlsiz kishi kop so‘zlaydi, deganlarki, jim o'lirish salomatlik sababidir. Kop so'zlovchi aqlli odam bo‘lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...” - deb uqtiradi alloma. U axloqlilikning birinchi belgisini suxandonlikda deb biladi. “Suxango‘ylar notiqlikda rost so‘zlash kerak. So‘zlaganda andishalik bo‘lish, sovuq so‘zlik bo‘lmaslik, kam gapirish, kamtarlik, birovning so'zini diqqat bilan eshitish ularning burchidir” deb ta’kidlaydi.
Ulug‘ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo‘lgan “Qutadg'u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri qo‘llash haqida "Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur” degan. Mutafakkir so'zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, so'zning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi va so'zning qudratini shunday ifodalaydi: Kishi so‘z tufayli bo'ladi malak, Ortiq so‘z qiladi bu boshni egik, Tilingni avayla - omondir boshing, So'zingni avayla uzayar yoshing. Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham mudarrislarni so’zlaganda nutqni o’ylab, shoshilmasdan, aql-idrok bilan tuzishga, keraksiz, bema’ni so'zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so'zlar izlab topishga chaqiradi, Noto'g'ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so‘ zlovchini ogohlantiradi: Uquv so'zla, so'zni eva so'zlama, So'zing kizla, keyin, boshing kizlama. (So'zni uqib so'zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so'zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.) Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko'rsatmalarda sodda va o'rinli gapirish, qisqa va mazmundor so'zlash, ezmalik laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to'g'ri, rost va dadil gapirish, yolg'onchilik, tilyog'lamalikni qoralash va boshqa qonuniyatlar to'g'risida fikr yuritiladi. Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy o'z adabiy merosida so'z va nutq- ning qudrati naqadar ulug'ligini, tildek insonga chiroyli libos kiydirguvchi vosita hech qayerda bo'lmasligini bayon etgan: Tildagi ketma-ket xatoga hayhot, Chiroyli kiyimlar berolmas najot. So'zni kiyimingdek bekamu ko'st qil, Yoki kiyimingni so'zingga rost qil. Mutafakkir Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida, o'zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo'lgan buyuk shoirdir. Alisher Navoiy turkiy tilda go'zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida, o'zining butun ijodiy merosi bilan o'zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o'zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini va shu bilan o'zbek xalqini butun jahonga mashhur qilishni isbotlab berdi. Shoir o'zining “Muho- kamatul-lug'atayn” asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari bor- ligini eslatib o'tadi. Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug'atayn”, “Mah- bub-ul-qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo'shdi. U o'zining “Mahbub-ul-qulub” asarida shunday yozadi: “Til muncha sharaf birla nutqning holatidir va ham nutedurki, agar nopisand zohir bo‘lsak, boshning ofatidir...” ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o'rinsiz ishlatilsa boshning ofatidir. Navoiy ta’limi bo'yicha so'z: Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar, Har neki ag’yor durur yor aylar. So‘z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar, Yumshog’i ko’ngillarni giriftor aylar. Xullas, Sharq mutafakkirlari, so‘z va nutqning inson hayotidagi o‘r- ni, vazni va qadr qimmatiga jiddiy ahamiyat berganlar. Ular har bir so‘z- ning nutqda o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so’zdan kuchliroq va buyukroq narsa yo’qligini, tilga e’tibor - elga e’ti- bor ekanligini, so‘z sehri ila odamzod mo‘’ jizalar yarata olishini doimo ta’kidlab, isbotlab kelganlar. So‘z orqali nutq va fikr oydinlashadi. O‘qi- tuvchi ta’lim-tarbiyasining samaradorligi so‘z boyligi bilan belgilanadi. Demak, “So‘z tuzadi, so‘z buzadi, olqish ham so‘zdan, qarg‘ish ham so‘z- dan, omonlik ham, yomonlik ham so‘z bilan, borliq ham, yo‘qlik ham so‘zdan, olamning yaralishi va gullab-yashnashi ham so‘zdan, yo‘q bo‘li- shi ham so‘zdan”(R. Jumaniyozov). Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling