Pedagogik mahorat


- BOB. NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYaTI


Download 0.84 Mb.
bet79/231
Sana25.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1119222
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   231
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

10 - BOB. NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYaTI
Tayanch tushunchalar:
Notiqlik san’ati; qadimgi Yunoniston; “San’atlar shohi”; suhbat metodi; ideal notiq; ovoz ritorikasi; nutq odobi; suhango‘ylar; nutq tex- nikasi; til va nutq; nutqning ravonligi; nutqning ta’sirchanligi; gram- matik norma; nutqning mantiqiyligi; nutqning tozaligi va ifodaliligi; dialektizm va varvarizm; jargon; tashqi nutq; ichki nutq; o‘qituvchining nutq madaniyati; metonimiya; metafora; monologik nutq; dialogik nutq; kommunikativ nutq; tovush; diapazon va tembr; fonotsional nafas; dik- siya; ritmika; artikulyatsiya; diafragma ishtirokida nafas olish; dialogik nafas olish.

    1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi

O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobili- yati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ru- hida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri — millat tilidir. Respub- likamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona tiliga nisbatan mehr—muhabbat tuyg‘ularini shakl- lantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaydiki, “O‘z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. O‘qituvchining nutqiy mada- niyatini shakllantirish uning kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahami- yatga egaligi to‘g‘risida mulohaza yuritar ekanmiz, avvalo, notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional notiqlik san’- ati Yunoniston, O‘rta Osiyo, va Hindistonda o‘zining uzoq tarixiga ega.
Tarixchi olimlarning (Apresyan G.Z.) ma’lumotlariga ko‘ra, Notiq- lik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘z- larining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining naza- riyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yu- nonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonis- tonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’atlari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimo- iy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib, notiq- ning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan:

  • tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g'oyani);

  • tinglovchining tafakkurini uyg'otish (fikrini, ongini, maqsadini);

  • tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur-halovat va qoniqish hissini uyg‘otish asosida).

Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat bag‘ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, va­tan oldidagi burchlariga sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilat- larga amal qilib, ularni doimo bajarishga, odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edilar. Bu ularning asosiy vazifasi hisoblanardi. Yuno- nistonda notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chi- royli nutqlari hamda noyob asarlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Sokrat (Suqrot), Platon (Aflotun), Dinarx, Giperid, Gorgiy (Horgiy), Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen, Sitseron, Kvintilian kabi namo- yondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo‘lib yetishganlar.
Yunon notiqlari og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmining qoidalarini chuqur o‘zlashtirganlar. Ular o‘z fikrlari va tuyg‘ularini ruhan o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafak- kuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir notiq o‘z ustida yillab tinimsiz mashg‘ulotlar olib borgan, sehrli ovoz sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o‘zlarining ta’sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan notiqlik san’atini “Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli” deb hisoblaganlar va buni o‘z faoliyatlarida isbotlab berganlar.
Mashhur yunon faylasufi Sokrat (eramizdan avvalgi 469 — 399 yillar) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda munozara, savol-javob usulini joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solgan.
Sokratning shogirdi Platon esa o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, savol-javobni notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o‘z asarlarida yoritadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni maz- munan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi.
Yunonistonda notiqlik san’atining har tomonlama takomillashishi Demosfen (eramizdan avvalgi 384—322 yillar) nomi bilan uzviy bog‘- langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bar­dosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namo- yish eta olgan. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining yetuk namoyodasi, ya’ni o‘z davrida “notiqlik san’atining elitasi” sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga asoslangan siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
Demosfenning notiqlik san’ati to‘g‘risidagi g‘oyalarini uning shogirdi faylasuf, notiq va siysiy arbob Sitseron Mark Tulliy (eramizdan avvalgi 106—43 yillar) davom ettiradi. Qadimgi Yunonistonda nutq mahorati, uni takomillashtirish yo‘llari, nazariyasi va tarixi bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib chiqib Sitseronning 19 ta asari, 800 dan ziyod maktublari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Sitseronning notiqlik san’ati tarixiga bag‘ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”, “Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlari shular jumlasidandir. Notiqlik san’atining ulkan imkoniyatlarini, odamlarni va jamiyatni boshqarishda qudratli qurol ekanligini ta’kidlab, uni davlatning siyosiy jihatdan bosh quroli deb hisoblaydi. Shu sababli har bir davlat rahbari va davlat arbobi notiqlik san’atining cheksiz imkoniyatlarini chuqur egallashi lozimligini aytadi. Sitseronning notiqlik san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi g‘oyalari muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha, “Ideal notiq egasi yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy faylasuf bo‘lishi kerak.” Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg‘ulariga tez, chuqur kirib borishi, ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va sevinch tuyg‘ularini, yoki aksincha, g‘azab va nafratini ta’sirchan nutqi asosida uyg‘ota olishi lozim.
Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlarni, tizimlar va uslublarni rimlik Kvintilian (eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san’ati sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chi- qadi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artist- lariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi. Kvintilianning fikricha, notiq tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga ega bo‘lgan, maz- munan boy, mukammal va “tiniq” nutq orqali ulkan yutuqlarga erishishi mumkin. U “Tarbiya haqida” nomli asarida o‘z nazariyalariga asoslanib, notiqlik san’atini o‘rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o‘z asarida ilk bor notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalar bilimi, ongi va tafakkuriga ijobiy ta’siri haqidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Kvintilian o‘qituvchilar va tarbiyachilarning qizg‘in faoliyat olib borishlari uchun notiqlik san’atini mukammal o‘rganishga doir o‘zining metodikasini taqdim etdi. Ushbu metodika notiqlik san’ati tarixida ulkan ahamiyatga ega va hozirgi davrda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.


    1. Download 0.84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling