Pedagogik mahorat
Sharq mutafakkirlari notiqlik san’ati haqida
Download 0.84 Mb.
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Sharq mutafakkirlari notiqlik san’ati haqida
Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O'rta Osiyo madaniyati tarixi bilan bog'liq bo'lib, nutq madaniyati hamisha o'ziga xos mavqega ega bo'lib kelgan. O'rta Osiyoda notiqlik san’atining xusu- siyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o‘sha davr tuzumining manfa- atlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, qissago’ylar, masalgo’ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo’ylar, voizlar, go’yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb atalgan. Voizlik, ya’ni va’zxonlik «Qur’on»ni targ‘ib qilish bilan mush- tarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosini anglatgan. «Va’z» so‘zi arab tilidan pand- nasihat ma’nosini beradi. Va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs Voiz deb atalgan. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongi- ga, his tuyg‘usiga ta’sir etish mahorati bo‘lib, qadimgi Sharqda hukm- dorlar ushbu san’at namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrla- ganlar. IX asrdan boshlab, davlat hukmdorlari notiqlik bilan bog’liq barcha tadbirlarni maxsus tayyorgarlikka ega so‘z ustalariga yuklab, ular- ni “voizlar” deb ataganlar. Markaziy Osiyoda XII asrdan boshlab voizlik san’ati nazariyasi va amaliyotini targ‘ib qiluvchi ko‘plab ilmiy va uslubiy risolalar yozilgan. Jumladan, allomalar Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, Unsurul Maoliy Kayqovus “Qobusnoma”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”, “Nazmul-javohir”, Husayn Voiz Koshifiy “Dah majlis”, “Mahzan ul-insho”, Ali Yazdiy “Zafarnoma”, Xondamir “Makorim ul-axloq”, Voiz Samarqandiy “Ravozat ul-voizin”, Muhammad Rafiq Voiz “Avbob ul-jinon”, Quraysh Saidiy “Anis ul- voizin” kabi o‘zlarining asarlari bilan “voiz”lik san’ati xazinasiga munosib hissa qo‘shganlar. Voizlik san’ati namoyondalari tinglovchilarning ijtimoiy va siyosiy mavqei hamda lavozimlarini hisobga olgan holda uch yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishgan. Birinchisi, sultoniyot, ya’ni hukmdorlar hamda yuqori tabaqali a’yonlar uchun mo‘ljallangan va’zxonlik bo‘lib, unda hamdu sanolar aytilgan, ularning obro‘ e’tibori, martabasi, faoliyatlari ulug‘lanib maqtalgan. Ikkinchisi, jihodiya, ya’ni vatan himoyachilariga mo‘ljallangan va’zxonlik bo‘lib, unda vatanparvarlik, jangovarlik, botirlik, qahramonlik, fidoyilik ulug‘langan, dushmanga nisbatan shafqatsiz bo‘lish ifodalangan. Uchinchisi, g‘aribona deb atalib, asosan mamlakatning oddiy fuqarolariga mo‘ljallangan va’zxonlikdir, unda barcha fuqarolar asosan itoatkorlikka, mehnatsevarlikka chaqirilgan. Voizlikning har bir yo‘nalishi o‘ziga xos ohangga, usulga, jozibaga ega bo‘lgan. Voizlar nutqda ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish uchun har bir so‘zning, tushuncha va ohangning badiiy jihatdan yuksak va ta’sirchanligini ta’minlab, muayyan bir fikr, mulohaza, hukm, g‘oya, mafkura va xulosani tinglovchilarga yetkazish maqsadida suxandonlik (ritorika) fanini puxta o‘zlashtirishgan. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘zining «Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini ta’kidlab, notiqlik san’atining ildizlari bo‘lmish grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojlarning hosilasidir degan g‘oyani ilgari surgan. Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati cheksizligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...” Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida mudarrisning “so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin... Bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashnisezmasdan, osonlikbilan o‘zlashtira olsin” deydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling