Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari
Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari
Download 44.08 Kb.
|
Ishmuradov Bunyod qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari (3)
Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llariPedagog va o’quvchi qadriyatlari to’qnashganda diniy maslagi, qiziqishlari, shaxsiy didi, yashash muhiti, g’oyasi va h.k. hech qanday hamkorlik usuli yordam bermaydi. Ko’pchilik hollarda bunday ziddiyatlar quyidagi hollarda ro’y berishi mumkin: O’g’il bolaning sochi uzun bo’lganda; qiz bola shim kiyib yurganda; kiyinish va yurish turish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hollarda (qiz bola labini bo’yaganda, o’g’il bola mo’ylov qo’yganda va h.k.) tozalik masalasida; lug’atga kirmagan so’zlar ishlatilganda; - axloq – odob doirasida. Albatta, ba’zi pedagoglar bunday konfliktlardan qochish uchun, e’tibor bermaslikka harakat qiladilar. Biroq, baribir chora ko’rmasa bo’lmaydi. Milliy qadriyatlar tarixi, ularning yutuq va kamchiliklari haqida o’qituvchi tomonidan qilinadigan samimiy rivoyatlar bunday ziddiyatlarning oldini olishi mumkin (Masalan, ovqatni qo’l bilan yeyish, kishi oldida burun tozalash, gilam ustida oyoq kiyim bilan yurishning tibbiy zarari haqida). O’qituvchi bunday ziddiyatlarning oldini olishi uchun quyidagi maslahatlarni yodidan chiqarmasa maqsadga muvofiq bo’lar edi: U o’quvchi axloqini o’zgartirishga agar uni maxsus taklif qilishgan bo’lmasa urinmasligi lozim. U o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o’rganishi kerak. Maslahat bosimsiz, uzoqqa cho’zilmasligi kerak. Mazkur bobni xulosalar ekanmiz, biz Tomas Gordonning quyidagi qoidalarini keltirishni lozim ko’rdik: ―Siz va men munosabatda bo’lar ekanmiz, men bunday munosabatni qadrlayman va davom ettirish tarafdoriman. Shu bilan birga bizning har birimiz o’z ehtiyojlariga ega bo’lgan va bu ehtiyojlarni qondirishni haqli ravishda istaydigan o’ziga xos shaxslarmiz‖. Men, o’z navbatida, sizning yurish – turishingizni ma’qul ko’rishim mumkin, agar siz o’z ehtiyojlaringizni qondirayotganda mening ehtiyojlarimni qondira olsangiz‖. XULOSA Insonning shaxs sifatida shakllanishi insonparvarlik qadriyatlari tizimini o’zlashtirishni nazarda tutadi, u esa o’zida insonparvarlik madaniyati asoslarini aks ettiradi. Ushbu qadriyatlarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalasi o’zida katta ijtimoiy ahamiyatni ifoda etadi. Uning muvaffaqiyatli yechimi ko’p hollarda ta’limning insonparvarlashishiga bog’liqdir. Uning mazmuni shundan iboratki, shaxs tomonidan ongli ravishda madaniy qadriyatlar tanlovini ta’minlash va uning negizida mustaxdam, inkor etmaydigan, insonparvar qadriyatli munosa-batlar individual tizimini shakllantirishdir. Qadriyatli mazmunga ega ta’limda shaxsning xulq-atvori mo’ljalga olinadi, ular esa uning insonparvarlikka yo’nalgan-ligini aniqlaydi va qadriyatli baholash asosi sifatida namoyon bo’ladi. Dunyoqarash shaxs qadriyatli munosabatining konseptual interpretasiyasi konteksti sifatida maydonga chiqadi, imperativ hulq-atvor - me’yor sifatida, qadriyatli munosabat - u yoki bu tizimga invariant sifatida namoyon bo’ladi. Aynan mana shunday ko’rinishda dunyoni bilish aksi va qadriyatli munosabat ma’naviy boshqarilishi ham yo’naltiriladi hamda mazmunan shaxs faoliyati va xulqatvorini tashkillashtiradi. Shuning uchun tarbiya ijtimoiy-tashkillashtirilgan umum-insoniy qadriyatlar interiorizasiyasi jarayoni sifatida ko’rilishi mumkin. Hayotda esa qadriyat shaxsni faol faoliyatga, o’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini rivojlantirishga uyg’otishi uchun, insonning ongli ravishda tushunib yetishi hali kamdir. Qadriyat faoliyat motivini uyg’otuvchi kuch sifatida qachonki, shaxs tomoiidan interiorizasiyalansa, ichki mavjudlikni zarur lahza-larini taqsim etsa, inson o’z faoliyati maqsadini aniq shakllan-tira olsa, uning insonparvarlik ma’nosini ko’ra bilsa, maqsad-larni amalga oshirishning samarali vositalarini topsa, to’g’ri va o’z vaqtidagi nazorat, o’z xatti-harakatini tuzata olsa va baholay olgandagina, aniq namoyon bo’ladi. Ko’pchilik hollarda bunday ziddiyatlar quyidagi hollarda ro’y berishi mumkin: O’g’il bolaning sochi uzun bo’lganda; qiz bola shim kiyib yurganda; kiyinish va yurish turish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hollarda (qiz bola labini bo’yaganda, o’g’il bola mo’ylov qo’yganda va h.k.) tozalik masalasida; lug’atga kirmagan so’zlar ishlatilganda; - axloq – odob doirasida. Download 44.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling