Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari


Aniq tarixiy shart-sharoit va vaziyat bilan bog’liqlikda mavjud bo’luvchi vaqt bilan bog’liq tarbiyaviy qadriyatlarga quyidagilar kiradi


Download 44.08 Kb.
bet11/13
Sana09.06.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1472801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ishmuradov Bunyod qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari (3)

Aniq tarixiy shart-sharoit va vaziyat bilan bog’liqlikda mavjud bo’luvchi vaqt bilan bog’liq tarbiyaviy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:

  • mafkuraviy va siyosiy qarashlar;

  • huquqiy va axloqiy ong va me’yor tizimi;

  • fuqarolik ongi, xulq-atvori va fazilati darajasi;

  • hayot va amaliy yo’nalganlik istiqboli;

  • moda, etiketga yo’nalganlik;

  • kasbiy yo’nalishlar.

Barqaror meital-etnik tarbiyaviy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:

  • yaxlit milliy tarixiy-tajriba, ishlab chiqarishdagi o’ziga xosliklar, milliy madaniyat, geografik shart-sharoitlar, xalqaro vaziyat asosida yuzaga keluvchi milliy xarakter xususiyatlari;

  • an’analar, urf-odatlar, xalq og’zaki ijodi, xalq amaliy san’ati namunalari, obidalar, yodgorliklar;

  • ta’limiy an’analar (ta’lim mazmuni, shakl, metod va vositalari);

  • oilaviy an’analar va munosabatlardagi o’ziga xosliklar;

  • xalq hunarmandchiligi;

  • milliy badiiy tasviriy san’at, musiqa, teatr, kinoma- tografiya, poetik ijod;

  • diniy qarash va e’tiqoddagi o’ziga xoslik.

Absolyut ijtimoiy ahamiyatga ega individual-shaxsiy qadriyatlarga esa quyidagilar kiradi:
-iroda erkinligi;

  • mustaqil fikrlash, xatti-harakatlardagi mustaqillik;

  • qonunlarga rioya etish va qonunlarni takomillashtirishga qobiliyatlilik;

  • adolatparvarlik;

  • ziyraklik;

- g’amxo’rlik;

  • go’zallik va ezgulikka ishonch; intizomlilik, o’z-o’zini takomillashtirish, o’z-o’zini boshqarish;

  • o’zligini saqlab qolish, ichki insoniy borlig’ini anglash.

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladki, qadriyatli tasavvurlar tizimi asrlar davomida shakllangan tabiat, jamiyat va madaniyatda aks etgan vokelikka ongli munosabat natijasida yuzaga keluvchi qarashlar yig’indisidir.
Mazkur tizimning tarsib toptirilishi bo’lajak pedagoglarda qadriyatli ong, qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Uz navbatida qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllan-tirishda milliy pedagogikamizning tarixiy-madaniy manbalari -xalq og’zaki ijodi, diniyfalsafiy ta’limotlar, Sharq mutafak-kirlarining asarlari, zamonaviy badiiyma’rifiy asarlar muxim ahamiyatga ega. Demak, pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirishda pedagogika tarixi fani katta imkoniyatga ega. Mazkur fan imkoniyatlaridan kelib chiqib, talabalarda ijtimoiy-siyosiy, shaxsiy, kasbiy-pedagogik, intellektual, axloqiy qadriyatlar bilan bog’liq tasavvurlarni shakllantirish o’zida muhim pedagogik muammoni aks ettiradi.

  1. Download 44.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling