Tarbiyaviy qadriyatlar manbai sifatida sosium xam alohida axamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, inson nafaqat tarbiyaviy qadriyatlarni yaratadi, balki uning o’zi ham mohiyatiga ko’ra tabiiy va muhim tarbiyaviy qadriyatdir. Katta avlod vakillari, ayniqsa, otaonalar va pedagoglar, davlat va jamoat arboblari, fan va san’at namoyondalari o’zlarida tarbiyalanuvchilarga yorqin va kuchli ta’sir etuvchi shaxs fazilatlari va xususiyatlari, uning faoliyati va xulq-atvori namunasini aks ettiradi. Har qanday ma’naviy yetuk, keng tafakkurli, ijodkor, yaratuvchan, mas’uliyatli inson o’zida ma’naviy ustoz maqomini ifoda etadi.
Nnhoyat, yana bir muxim tarbiyaviy qadriyat sifatida Kosmos: insonning u xaiqdagi o’y-fikrlari, tasavvurlari. farazlari, afsonalari aks etadi. Chunki Kosmos insonga kosmik fazoga xayolan intilishni, uni o’zlashtirish ishtiyoqni, inson va insoniyatning abadiy mavjudligi haqidagi ta’limotni, astrofizik va astronavtik apparatlarni loyihalashni taqdim etdi. Eng asosiysi, Kosmos insonga hayot mazmunini anglab yetishga katta ta’sir o’tkazdi15.
Yuqorida bayon etilgan manbalar tahlilidan ko’rinadiki, tarbiyaviy qadriyatlar ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud bo’lishi; mazkur qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo’lmasligi; tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo’la olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga xizmat qiladi. Ana shu bilan bog’liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut - shu jumladan, genetik manbadan yuzaga keluv-chi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan bog’liq (vaqtinchalik) -aniqtarixiy; barqaror - mental, etnik; individual-shaxsiy kabi turlarga bo’linadi.
Absolyut umuminsoniy qadriyatlarga quyidagilar kiradv:
diniy-ma’naviy;
barcha mohiyat-e’tiborga molik kuch va individual qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon beruvchi;
ichki axloqiy erkinlik, burch va majburiyatli ongni tarkib toptirishga yordam beruvchi;
vijdon, sevgi, ishonch, burch, ziyolilik kabi ma’naviy poydevorga ega axloqiy individuallik va jamoaviylikni shakllantiruvchi;
intellektual mulk va jismoniy mehnatga doir qobiliyatni rivojlantiruvchi;
dunyoni axloqiy, estetik va ekologik idrok etish va anglashga imkon beruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |