Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari


Tarbiyaviy qadriyatlar to’rt asosiy o’zaro uyg’un manbaiga ega


Download 44.08 Kb.
bet9/13
Sana09.06.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1472801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ishmuradov Bunyod qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari (3)

Tarbiyaviy qadriyatlar to’rt asosiy o’zaro uyg’un manbaiga ega:
1) genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy;
2) tabiiy;
3) sosiumga doir;
4) ijtimoiy-kosmik.
Quyida mazkur tarbiyaviy qadriyat manbalariga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz:

  1. Genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy tarbiyaviy qadriyat manbalari. Genetik tarbiyaviy qadriyat manbalariga instinkt, psixik jarayonlar, individning energetik rusurslari kabi tabiiy-genetik fenomenlar kiradi. Aynan instinkt asosida shaxs xulqida iroda, sog’lom turmush tarzi, ehtiyotkorlik kabi tarbiyaviy qadriyatlar shakllanadi. Muhim ahamiyatga ega organizmning sog’lomligi, uning barcha intellektual va jismoniy mohiyatga ega kuchlarni rivojlantirishga potensial imkoniyati tarbiyaviy qadriyati psixosomatik jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Psixosomatik jarayonlar o’z navbatida individning jismoniy sog’lomligi, erki, irodasi, maqsadga yo’nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o’ziga ishonch kabi individual-shaxsiy sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur energetikpsixosomatik hodisalar mustiqillik, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini takomillashtirish, o’z-o’zini namoyon etish, ijtimoiy faollik kabi yuksak amaliy faoliyat bilan bog’liq qadriyatlarni yuzaga keltiradi.

  2. Tarbiyaviy qadriyatlarning yana bir asosiy manbai – bu tabiat dunyosidir. Inson tabiatning ajralmas qismi va uning tabiat bilan o’zaro munosabati ko’p jihatdan har bir individning insoniyligi, yaxlitligini belgilab beradi. Tabiat bilan me’yoriy o’zaro harakat insonda qator tarbiyaviy qadriyatli munosabatni yuzaga keltiradi. Eng avvalo, tabiat inson uchun tarbiyaviy, jismoniy-sog’lomlashtiruvchi va ma’naviy qadriyat sifatida aks etadi. Tabiatdagi har bir narsa-hodisa individni tarbiyalaydi.

Tarbiyaviy qadriyatlarning tabiiy manbasi shaxsda tabiat, inson va jamiyatga nisbatan muhim qadriyatli munosabatni shakllantiradi. Tabiat insonda moddiy borliq, uning paydo bo’lishi, moddiy borliq shakl va qonunlari birligi hakidagi falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi. Insonda tabiatga tarbiya-viy-qadriyatli, ilmiy-bilishga doir munosabatni rivojlantirish unda ilmiy, bilim, ko’nikma va malakalarni egallash; real moddiy hayot harakat qonunlarini bilish; moddiy hayot mohiyatini falsafiy jixatdan tushunib yetish; tabiat qonunlari bilan bogliqlikda tabiiy boyliklarni o’zlashtirishdagi amaliy harakat-ga intilishni rag’batlaydi.
Bundan tashqari tabiat tarbiyaviy qadriyat sifatida obyektiv go’zallik hodisasidir. Tabiat shaxsda estetiklikni, badiiy-estetik ongni; dunyo go’zalligini idrok etish va yaratish qobiliyatini shakllantiradi.


  1. Download 44.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling