Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari
Download 44.08 Kb.
|
Ishmuradov Bunyod qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot vazifalari
- ASOSIY QISM: 1. Qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida
Tadqiqotning maqsadi: Qadriyatli tasavvurlarni shakllantirish yo’llari va qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlarini aniqlash hamda bartaraf etishning pedagogikpsixologik jihatlarini aniqlash
Tadqiqot obyekti: O’quvchilar ongida qadriyatlarga oid tasavvurlarni shakllantirish va qadriyatlarga oid ziddiyatlar bo’lish jarayoni Tadqiqot predmeti: Qadriyatlarga oid tasavvurlar va ularning turlari Tadqiqot vazifalari: Qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo ekanligini asoslash Qadriyatlarning turlari va guruhlarini aniqlash Ta’limiy qadriyatlar va ularning mohiyatini yoritish Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llarini aniqlash ASOSIY QISM: 1. Qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin jamiyat ma’naviy hayotini sog’lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish asosiy vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi. Bu jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga oqilona yondashishning ko’rinishidir. Prezident Islom Karimov Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi yig’ilishida so’zlagan nutqida bu boradagi vazifalarga alohida e’tibor berib shunday degan edi: «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, mutqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»1. Darhaqiqat, istiqlol tufayli xalqimiz o’z taqdirining egasi, tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Milliy o’zo’zini anglashga intilish kuchaydi. Mazkur jarayonda tarbiyaviy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratilishi, uning yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdagi ahamiyatining ochib berilishi o’ta muhimdir. Yuksak ma’naviyatli shaxsini shakllantirishda quyidagi tarbiyaviy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi: boy ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand bo’lib borish; jahon madaniyati xazinasiga katta hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy merosi chuqurligi anglab olinganligi; yoshlarni o’z o’tmishiga, milliy, diniy an’analarga hurmat bilan qarashi, ularni asrab-avaylash ruxida tarbiyalanayotganligi; o’z millatining o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmatidan, obro’e’tiboridan faxrlanish; millat manfaatini himoya qilishdagi mas’uliyatni his etish va kelajakka ishonch. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, biron-bir jamiyat o’zining ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. «Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan tarixiy va madaniy kddriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi»2. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bebaho madaniy va ma’naviy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi Qaroriga asosan Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi tuzildi. Uning faoliyat yo’nalishi quyida-gilardan iborat qilib belgilandi: O’zbekiston xalqining ma’naviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhiga mos g’oyalarni shakllantirish, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish; yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish; millatlararo hamjihatlik va fuqarolar totuvligini ta’minlash va boshqalar. Mustaqillikning ijtimoiy, ma’naviy mohiyati bevosita ommani fikrini uyg’otishda, xalqning o’tmishi, buguni va kelajagi xususida qayg’urish hissini kuchaytirishdan iborat. Chunki, «....faqat ma’naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo’lishi mumkin»3. Xalqimizga xos bo’lgan milliy qadriyatlar, an’analar, uning eng yaxshi xislatlari jamiyatdagi ma’naviy birlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, birinchidan, biron-bir jamiyat o’zining madaniy merosini, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini odamlar ongida rivoj-lantirmay hamda mustahkamlamay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Ikkinchidan, mamlakatimiz yoshlarida yangi siyosiy dunyoqarash shakllanayotgan bir paytda, ota-bobolarimizdan meros bo’lib o’tgan bebaho go’zal madaniy durdonalardan unumli foydalanish va ular asosida yangicha mazmun kasb etadigan dunyoqarashni, ma’naviyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu sababli kelgusida pedagoglik kasbi bilan shug’ul-lanuvchi pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish o’zida muhim pedagogik muammoni aks ettiradi. Muammoning yechimini topish uchun eng avvalo, tadqiqotga doir muhim tushunchalarning mazmun va mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Ana shu sababli biz quyida muammoga doir «qadriyat», «pedagogik qadriyatlar», «ta’limning kadriyatli paradigmasi», «qadriyatli tasavvur» va «talabalarning kadriyatli tasavvurlarini shakllantirish» kabi tushunchalarga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz. Qadriyat tushunchasi maxsus falsafiy lug’atda XIX asrning 60-yillarida paydo bo’lganligi ta’kidlab o’tilgan. Falsafiy lug’atning 5-jildida qadriyatga quyidagicha ta’rif berilgan: «Qadriyat falsafiy va sosiologik tushuncha. U birinchidan, bir obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi». «Qadriyatlar va ijtimoiy tarakkiyot» nomli ilmiy ishlar to’plamida «Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim», deb ta’kidlab o’tilgan. «Mustaqillik izoxda ilmiy-ommabop lug’at»da, «Qadriyatlar - jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga, e’tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi», degan ta’rif berilgan. Qiyomiddin Nazarov umumiy tahriri ostidagi «Falsafa: qomusiy lug’at» (2004)da «Qadriyat - voqyeliqdagi muayyan hodisa-larning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan falsafiy-sosiologik va aksiologik tushuncha», deb ta’rif berilgan. O.Tohirov, B.Ochilovalarning ta’kidlashicha, «Qadriyat - bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan, kishilar qadrlaydigan va ular uchun manfaatli, foydali, ijobiy ahamiyatli tabiiy, individual va ijtimoiy ehtiyojni qondirishga xizmat kiladigan, moddiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, mafkuraviy va siyosiy omillar yig’indisidir». «Qadriyatlar, - deb yozadi O.Musurmonova, - inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida o’zaro munosabat, o’zaro ta’sir (atrof-muhit bilan, insonlar bilan) natijasida dunyoga keladigan holatdir». Siyosatshunos olim N.Jo’rayevning ta’kidlashicha, «Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilishi lozim». S.Yuldashevaning fikricha esa, qadriyatlar deganda, atrof-dunyo obyektlarini o’ziga xos ijtimoiy belgilash, ularning inson va jamiyat uchun ijobiy ahamiyatini aniqyaash tushuniladi4. Qadriyat tushunchasining kelib chiqishi shuni ko’rsatadiki, unda uch asosiy belgi birlashadi: narsa va hodisalarni baholashga doir insonning amaliy va emosional munosabatini ta’riflash; insonning psixologik tavsifini aniqlovchi axloqiy kategoriya-larni tavsif etish; odamlar orasidagi munosabatlarni xarakter-lovchi ijtimoiy hodisalarni ta’riflash. «Qadriyat» tushuncha-sining rivoji shartli ravishda qadriyatlarning turli ko’rinish (iqtisodiy, psixologik, axloqiy, estetik, bilishga oid, ijtimoiy)larini ajratib ko’rsatish, inson tabiati, uning bilishga intilish mexanizmlarini anglab yetish, bilish faoliya-tining harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga imkon beradi. Download 44.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling