Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘qituvchining muloqot asosida sinf
Download 100.06 Kb.
|
PK Ma\'ruza 9
O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish uslublari.
Ijtimoiy munosabatlar ko'lamining kengayishi o'qituvchidan o‘sil kelayotgan yosh avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatla jarayonida har tomonlama chuqur bilimga ega, barkamol inson qilib tarbiyalash vazifasini qo'ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan sog‘lom muhitda mukammal tarbiyalangan inson hayotiy qara ma-qarshiliklar, xususan turli bu2 g‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog'lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlami sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohi- yatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir. O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirish- ga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazaming shakllanishi shaxs faolligini ko'rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlaming ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikr- ga ega bo‘lgan barkamol shaxs va malakali mutaxassislami tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu yuksak javobgarlikni talab qiluvchi vazifalar o‘qituvchilar zimmasiga yanada ulkan mas’uliyatlami yuklaydi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof etadi: «Umumlashtirgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishining asosiy tamoyillaridan biri... t a’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o'qituvchilarni va murabbiylarni qayta tayyorlash... o'quvchi yoshlam i Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma ’naviyat va ma ’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo ‘lish ruhida tarbiyalash»' lozim. Pedagogik mahorat bo'lajak o'qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. o’ ‘qituvchi bunday murakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va jamiyatning ishonchli vakilidir. O'quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishda o'qituvchining bilimi, pedagogik mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon bo'ladi. Awalo, o'qituvchi va o'quvchilar orasida o'zaro hamkorlik va bir-birlariga nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo'lishi hamda o’ ‘qituvchi o'z kasbiy bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo'lishi lozim. Zero, sinf jamoasini boshqarish - pedagogik jamoa, ota-onalar oldida o'qituvchining obro'-e’tibori qay darajada ekanligini ko'rsatuvchi mezon. O’qituvcmrung axloqiy saviyasim, Dilimim muloqot asosida sun jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, o'qi- tuvchilaming xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor ijodkor, tashabbussiz, o'z fikriga ega bo'lmagan, barcha ishlarga befarc qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlaming ko'p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangar holda o'qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishid* qo'llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi: 1. Avtoritar uslubda faoliyat ко ‘rsatuvchi о ‘qituvchilar. 2. Demokratik uslubda faoliyat ко ‘rsatuvchi о ‘qituvchilar. 3. Liberal uslubda faoliyat ко ‘rsatuvchi о ‘qituvchilar. Avtoritar uslubda faoliyat olib boradigan o'qituvchi ish faoliyati v£ xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo'ladi: - o'zi yakka holda guruh faoliyatining yo'nalishlarini belgilaydi; - o'zi o'quvchilarga ko'rsatmalar va buyruqlar beradi; -ta'lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o'z zimmasiga oladi; -o'quvchilarning unga so'zsiz bo'ysunishini da’vo qiladi; -qattiq intizom asosida ish olib boradi; - topshiriqlarning to'liq bajarilishini talab qiladi; -gap qavtargan, fikr bildirgan o'quvchini yoqtirmaydi; - aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so'zlari qattiq va qo'pol; -o'quvchilarga biror muammoni to'liq tushuntirmasdan talab qiladi. Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o'qituvch “Mening aytganim aytgan, deganim degan” shakhdagi prinsip asosida pedagogik faohyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishd< quyidagi uslublami qo'llaydi: buyruq, ko'rsatma berish, qattiqqo'llik bilar ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo'llash. O'qituvchi o'quvchila bilan muloqot jarayoniga qo'pol, dag'al, do'q-po'pisa, majbur etish qo'rqitish, cho'chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o'qituvchi asab tizimin doimiy taranglashib yurishiga sabab bo'Ub, uning sog'ligiga putur etkazish mumkin. Natijada o'qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobij tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida ishla tilishi (yong'inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) mumkin O'qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf jamoasin tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi. Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o'qituvchining bosh shiori o'quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko'nikmalarin va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O'qituvchining muloqoti barcha demokratik; talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»1. Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlami mujassamlashtiradi: -pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; -sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quv- chilaming erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; -muloqot jarayonida o’ ‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo'llaydi; -muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan. xulq-atvori bilan teng- doshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilami tarbiyalash uchun qizg'in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o‘quvchilaming jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o'quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O'quv chilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfmng ahil jamoa bo‘lib biriashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaf faqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o'quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega. Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o'qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafku- raviy qarashlar mujassamlashgan. o‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud: - tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; -sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; -ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; - o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o'zini olib qochadi; - o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi, Biroq, yillar o'tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatnin ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o'qituvchining xulq-atvori, pedagogi va psixologik bilimlar saviyasi, o'z kasbiy faoliyatiga nisbatan munc sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o'; lashtirish saviyasi ham o'zgarmoqda. Shu sababli, o'qituvchilar o‘z bilii va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqar shning turli shakl va metodlarini amalda qo'llamoqdalar. Sinf jamoas ning har qanday boshqaruv uslubi o'qituvchi muloqoti asosida tashkil et ladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o'quvchining ongli va tafakkurini boyitish va o'zgartirishdir. Download 100.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling