Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuniga, darsning didaktik maqsadiga, o‘quvchilar va sinf jamoasining xususiyatlariga bog‘liq.
Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:
Aralash (kombinatsiyalshgan) darslar yoki murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ushbu dars jarayonida o‘qituvchi quyidagi kombinatsiyalarni qo‘llashi mumkin:
uy vazifalarini tekshirish;
o‘quvchilar bilan savol-javob;
yangi materialni o‘rganish;
bilimlarni mustahkamlash;
o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash;
uyga vazifa berish;
Yangi materiallar bilan tanishtirish darsida:
yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash;
o‘qituvchining yangi material bilan ishlashini tushuntirish;
bilimlarni tekshirish va mustahkamlash;
uyga vazifa berish;
Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash:
o‘quvchilarning bilish qobiliyatini;
o‘quvchilarining tafakkurini tekshirish;
og‘zaki yoki yozma mashqlar bajarish;
topshiriqni nazorat qilish;
uyga vazifa berish;
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari.
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to‘ldiriladi;
o‘rganilayotgan yangi mavzuni muhim g‘oyalari ochib beriladi
Ushbu dars-o‘rganilgan mavzuning bo‘lim yoki o‘quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |