Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Mashg‘ulotni o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan topshiriqlar


Download 0.92 Mb.
bet4/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Mashg‘ulotni o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan topshiriqlar 1. «Himoya» ishbop o‘ynnini o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar O‘yinning mavzusi: Boshqaruv uslublari.
O‘yinning mazmuni: ta’lim muassasani boshqarish uslublarining o‘ziga xosliklari.
Uyinning borishi. Ishbop o‘yinda quyidagi ishtirokchilar qatnashishdi: ishbop o‘yin tashkilotchisi (o‘qituvchi), munozara ishtirokchilari (direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, munozara ishtirokchilari), hakamlar. O‘yin tashkilotchisi:

  1. o‘yinning borishini boshqaradi;

  2. ishtirokchilar bilan o‘tkaziladigan o‘yinning maqsadi, borishi, mezonlari, kutiladigan natijalari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi;

  3. barcha ishtirokchilarning o‘zaro harakatini amalga oshirdi; 4) munozarani boshqardi; 5) yakunlarini chiqardi va o‘yinni baholashga hakamga yordam berdi. Munozara ishtirokchshari:

  1. taqdim etilgan mavzuni muhokama qilishda ishtirok etishadi;

  2. boshqaruv uslublari yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon etdi; 3) boshqaruvuslubiniqullashbo‘yichao‘zg‘oyasinitaklifetdi. Hakam:

  1. ishtirokchilarning xatti-harakatlarini yo‘naltirib tura-di;

  2. munozara vaziyatini hosil qilish uchun tashviqotga doir savollarni o‘rtaga tashlaydi;

  3. munozara ishtirokchilarining chiqishlarini baholaydi. Rollar quyidagi tavsifga ega bo‘ldi:

Rahbar portreti. Rahbar o‘zining boshqaruv uslubini himoya qiladi. O‘z nuqtai nazarida qoldi. Boshqaruv uslubiga doir mulohazalar kiritadi.
Optimist portreti. U rahbarni qo‘llab-quvvatlaydi, uning fikrlarini to‘ldiradi. Rahbar boshqaruv uslubining afzalliklarini ta’kidlab.o‘tadi.
Konformist portreti. U o‘zining mustahkam nuqtai nazariga ega emasligini namoyish etadi. Vaziyatga qarab, ba’zan rahbarni qo‘llab-quvvatlaydi, ba’zan qarshilik ko‘rsatadi.
Konservator portreti. U rahbarning boshqaruv uslubining samarali emasligini ta’kidlaydi. Rahbar boshqaruv uslubining salbiy tomonlarini ajratib ko‘rsatadi.
Hakam portreti. U rahbarning boshqaruv uslubiga doir ma’lumotlarni tahlil qildi va uning eng asosiy jihatlarini ajratib ko‘rsatadi. Rahbarning boshqaruv uslubini o‘zgartirishga doir ko‘rsatmalar beradi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling