Pedagogik qobilyatni va maxoratni shakillantirish hamda rivojlantirish
КОММУНИКАТИВЛИК ҚОБИЛИЯТИ ТУШУНЧАСИГА КЕНГРОҚ ТўХТАЛАМИЗ
Download 393.6 Kb.
|
PEDAGOGIK QOBILYATNI VA MAXORATNI SHAKILLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH
КОММУНИКАТИВЛИК ҚОБИЛИЯТИ ТУШУНЧАСИГА КЕНГРОҚ ТўХТАЛАМИЗ
Kommunikativlik qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yondashish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedogogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofik o’zaro aloka bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga karatilgan qobiliyatdir. Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benixoyat katta hissa qo’shgan. Uning fikricha, bunda muhimi-o’quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri-har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni (rag’batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Farosatli o’qituvchi bolalarga e’tibor berib ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolari darajada ajoyib yaqin do’stlarcha yaqin munosabatdan bo’ladi»; «Bizning tarix o’qituvchimizning kuchli tomoni-har kimga qanday yondoshishini bilar edi»; «Eng yomoni-o’qituvchining o’quvchilar oldida xushomadgo’ylik qilishidir. Bizning zoologiya o’qituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo’lsa-da, u bolalarni o’ziga qaratish uchun xushomadgo’ylik qilardi! Nega ular o’zlarini shunchalik kamsitib erga uradi? Deb o’ylar edim. Axir ular o’z fanini yaxshi biladiku»; «Ibrohim aka esa, qarabsanki, hech narsadan-hech narsa yo’q, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga urishib, koyib berar edi». Pedagogik taktning yo’qligi ko’pincha og’ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent maktablaridan biridan ona tili va adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarga juda ko’p talablarni qo’yganu, ammo hech qanday izchilik bilmagan: bir vazifa berib turib, shu zahotiyoq boshqa talablarni qo’ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib buzishlar ro’y bersa, shu zahotiyoq mazmunan va shakl jihatidan o’ta qo’pol va alam qiladigan keskin gaplarni qilib, «2» qo’yardi. Masalan, daftarning chetidan qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom buzganlik kabi va arzimagan narsalar uchun yopishgani-yopishgan edi. O’qituvchining bu xatti harakatlari uchun o’quvchilarda dard, alam to’lib toshgandi. Ko’p o’tmay o’quvchilarning norlziligi va qat’iy e’tirozi ochikdan-ochiq namoyishkorona bildirilib, o’qituvchiga kuloq solmaydigan, aytalib intizom buzadigan va o’qituvchini keskin tanqid qiladigan bo’lib qoldilar. Bunday achinarli ahvol faqat ana o’sha o’qituvchi maktabdan ketgandan keyingina tuzatildi. O’qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish joyizki, qachon o’quvchilar o’qituvchining ijobiy xislatlari to’g’risida gapirlar ekanlar, ular hamisha o’qituvchining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o’ringa qo’yadilar. «Ko’p hollarda nohaq ish qiladilar-biror masalani yaxshilab tekshirib ko’rmasdan ish tutadilar». O’qituvchining bunday xislatiga o’quvchilar nechukdir achinishli talabchanlik munosabatida bo’ladilar. O’qituvchining adolatsizligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. bu to’g’rida har qaysimiz maktab amaliyotidan qadaydir tasavvurga egamiz. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi jarayonida ikki xil xissiy (emotsional) holat vujudga mumkin. pedagogning ijobiy hissiyotlari asosida o’zaro hamkorlikni tashkil etish qobiliyati haqiqiy samara beradi. O’qituvchi o’quvchilarga biror bir narsani o’rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlardan kelib chiqadi. Munosabat kishilar o’rtasida faoliyat davomida axborot ayriboshlashni o’z ichiga oladi. Munosabatning ikkinchi jihati muloqatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki hatti- harakatlar bilan ham ayriboshlanadi. Uchinchi jihati munosabati kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlarini taqazo qilishdir. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda kommunikativ (axborot o’tkazish), interfaol (o’zaro birgalikda idrok etish) jihatlarini alohida ko’rsatish mumkin. Kishi faoliyat ko’rsaytganda zaruriyatga ko’ra, boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloka o’rnatishi o’zaro hamjixatdikka erishishi kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Munosabat o’quvchilarning o’zaro birgalikda harakat qilishi va faoliyat ko’rsatishi jarayonida ularni birlashtiradigan vosita tildan iborat ekanligini bildiradi. Turli xil tillarda so’zlashadigan kishilar bir-birlari bilan murosa qila olmaydilar. Bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirilishini amri mahol qilib qo’yadi. Ko’llaniladigan belgilar (so’zlar, imo ishoralar va hk) zamirida munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo’lgan takdirdagina axborot ayriboshlash mumkin bo’ladi. So’z belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish va o’tkazish vositasi sifatida tilni toptiradi. Qo’llarida biror bir mehnat qurolini ushlab, ko’zlari esa ushbu narsalarga qarab turgan vaqtda, bir-birlari bilan munosabatga kirishish uchun aniq tovushlardan foydalanish kishilarga moyillik tug’diradi. Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgan bilan doimiy ravishda to’ldirilib turadi-uy fikrlarni ayriboshlab axborot berish ro’y beradi. So’zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya’ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli bo’ladi. O’qituvchi u yoki bu so’zni ishlatganda anglashilmoqchilikka yul qo’ymasligi kerak. Mohiyatlar tizimi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni shakllantirish o’rta ta’limning ham oliy ta’limning ham markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Download 393.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling