Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING ASOSIY KATEGORIYALARI VA TUSHUNCHALARI Tayanch tushunchalar
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ilm-fan rivojining ustuvor vazifalarini izohlang. Postnoklassik davrda ilm-fanning rivojlanishining asosiy tendensiyalarini tushuntirib bering. Metodologik nuqtai nazardan pedagogikaning obyekti va predmetiga izoh bering. Pedagogik nazariya deganda nima tushuniladi? Pedagogik qonuniyatlar metodologiyada qanday o‘rin tutadi? Pedagogikaning metodologik ta’minotiga nimalar kiradi? PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING ASOSIY KATEGORIYALARI VA TUSHUNCHALARI Tayanch tushunchalar: metodologik tadqiqot, maxsus tadqiqot, manba, empirik bilim, ijod, ijodkorlik, pedagogik ijodkorlik, innovatsion faoliyat, innovatsion salohiyat. Metododologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot. Metodologiya tushunchasi o‘zida ikki jihatni aks ettiradi: birinchisi bilish faoliyati natijalari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi mazkur faoliyatning o‘zi hisoblanadi. Har bir fanning o‘ziga xos kategoriyalari, tushunchalari, tadqiqot predmeti, obyekti va fanshunoslikning umumiy qoidalari, ilmiylik mezoni ifodalanishidir. Globallashuv jarayonida fanning rivojlanishi, ilmiy tadqiqot tili, kategoriyalari uning umumiy jahonshumul va xususiy muayanligi muxim o‘rin tutadi. So‘nggi vaqtlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish bilan bog‘liqlikda metodologiyani tavsiflash bilan bog‘liq qator savollar tug‘ilmoqda: metodologik har bir kishining shaxsiy yutug‘i bo‘lishi kerak emasmi? Maxsus bilish sohasini metodologiya deb atash o‘rinli bo‘ladimi? Ko‘plab olimlarning sa’y-harakatlari bilan fan sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarni korreksiyalash va takomillashtirishdan foyda bormi? Shuningdek, ayrim adabiyotlarda bayon etilishicha, “obyektiv” metodologiya bo‘lishi kerak emas, aksincha, har bir kishi uchun ilmiy ijod individual xarakter kasb etishi, ya’ni “subyektiv” metodologiya bo‘lishi lozim. Biroq mazkur fikrlarni to‘liq tasdiqlab bo‘lmaydi. Avvalgi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika fani metodologiyasi pedagogik fanlar va pedagogik tadqiqotlar haqida bilimlar tizimini ifoda etsa, ikkinchidan, mazkur bilimlarni qo‘lga kiritish, shuningdek, tadqiqot dasturi(metodologik ta’minoti)ni asoslashga doir faoliyat sifatida metodologiya sohasi bilan bog‘liq qator tushunchalarga aniqlik kiritish imkonini beradi. Shuningdek, metodologiyani tushunish nuqtai nazaridan quyidagi savollargi aniq javob topishga erishish mumkin: pedagogika metodologiyasi nima bilan shug‘ullanadi va kim shug‘ullanishi kerak? Pedagogika sohasida metodologik bilimlarni egallashning qanday usullari mavjud va qanday bilimlar qo‘lga kiritiladi? Tadqiqotlarning metodologik ta’minotining manbalari, obyektlari va tartib-qoidalari qanday bo‘lishi lozim? Dastlab metodologik tahlil obyektlarining maxsus ilmiy tahlil obyektlaridan farqiga aniqlik kiritish lozim. Qachonki, biz tahlil bilan shug‘ullansak, eng avvalo, bizning e’tiborimiz nimaga, ya’ni qanday obyektga qaratilganligini aniqlab olishimiz zarur. Pedagogikada maxsus-ilmiy ish deganda nima tushuniladi? Maxsus-ilmiy ish aniq metodologik tadqiqotni anglatmaydi, u pedagogik faoliyatni tadqiq etishga yo‘naltirilgan bilish faoliyatidir. Metodlar tasnifi, ta’lim mazmunini masalalari yoki zamonaviy darsni tashkil etish muammolarini o‘rganish – maxsus-ilmiy tahlil sohasidir. Biroq metodologik tahlil ham bor. Mazkur holatda biz bu masalalarni qanday tadqiq etamiz: masalan, ushbu masalalarni o‘rganishda fan metodlari to‘g‘ri qo‘llaniladimi, bilish maqsadi bilan biz foydalanayotgan tushunchalar tizimi bir-biriga muvofiqmi? Ikkinchidan, metodologik masalalar maxsus-ilmiy masalalardan farq qiladi. Metodologik masalalar: maktab amaliyotida didaktik bilimlardan foydalanish masalalari, pedagogik bilimlarning turlari, xususiy metodika bilan didaktikaning aloqadorligi, pedagogik dalillar, pedagogik tadqiqotlar mantig‘i, pedagogik tadqiqotlarda formallashtirishni qo‘llash doirasi va shart-sharoitlari, pedagogik tadqiqotlar bosqichi sifatida maktab tajribasini o‘rganish va h.k. Mazkur holtada e’tibor amaliy yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatga qaratilgan. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling