Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijod deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o‘zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi.
Uzoq vaqtlar davomida ijod – bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat, u har kimga ham berilmaydi, deb hisoblanib kelingan. Aslida ijod – bu insonning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish faoliyati bo‘lib, unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etadi hamda butun bilimi, tajribasi va iste’dodi namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijod – yaratish, kashf etish; vujudga keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamda yaratuvchilik faoliyati mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o‘tilgan. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘atida esa mazkur tushunchaga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: “Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) – badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod mohiyatan yaratuvchanlik faoliyati bo‘lib, inson ma’naviyatining amaldagi ko‘rinishini ifoda etadi”. Sh.Sharipov o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish asosida ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayondir, degan xulosaga kelgan. S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug‘atida ijod – yangi qimmatli g‘oyalarni ishlab chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va ma’naviy ahamiyatga ega ne’matlarni yaratish tarzida talqin etilgan. Ijodkorlik – individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o‘ylab topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal etish qobiliyatidir. U yangi g‘oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijodkorlik tushunchasiga ijodkor ishi, ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik tarzida qisqa ta’rif berilgan. Pedagogik ensiklopedik lug‘atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi”, deb izoh berilgan. Mazkur lug‘atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida ta’rif berilmagan. Falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda “ijodkorlik” original, takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi sifatida e’tirof etiladi. So‘nggi vaqtlarda “ijodkorlik” tushunchasi bilan birgalikda “kreativlik” atamasi ham keng qo‘llanilmoqda. Kreativlik – individning qayta ishlov berish va yaratish bilan aloqador xilma-xil faoliyat turlari, tashabbuskorligi, faolligi, boshqa kishilar bilan muloqot jarayonida, mental xatti-harakatlarigda namoyon bo‘ladigan ijodiy salohiyati va qobiliyatlari majmuidir. N.M.Gnatko “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o‘rtasidagi farqni quyidagi tarzda izohlagan: mazkur tushunchalar bir doiraga mansub hodisaning ikki jihatini, ya’ni ijodkorlik jarayonli-natijaviy jihatni, kreativlik subyektivlik bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. Garchi olim mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farqni ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa ham, biroq ta’rif ancha noaniqlik kasb etgan. Adabiyotlar tahlili hozirgi vaqtda “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o‘rtasida qator qarma-qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatadi: “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari sinonim so‘zlar sifatida talqin qilinadi. YA’ni kreativlik ijod psixologiyasi doirasida qo‘llanilib, mazkur tushuncha alohida ajratib ko‘rsatilmaydi; ijodkorlik yaxlitlikda madaniy faoliyat bilan bog‘liq, kreativlik esa subyekt uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish tarzida tavsiflanadi; kreativlik ijodkorlik masalasini o‘rganishning alohida jihati sifatida inson salohiyati, ichki resurs bilan bog‘liqlik kasb etadi. Aynan uchinchi yondashuv obyektiv jihatdan o‘rinli bo‘lib, kerativlikni ijodkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida qabul qilish va uning doirasida mazkur masalani talqin etish maqsadga muvofiq. Respublikamizda o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi sohasida fundamental tadqiqotlarni amalga oshirgan olim SH.SHaripovning fikricha, ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy, investitsion, aralash); umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish; prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo‘llash); yaratilgan ijod mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot). Ijodkorlikni tasniflashga doir yuqoridagi yondashuvdan ma’lum bo‘ladiki, ijodkorlik hamma vaqt subyektning ijodiy faoliyatini talab etadi. SHu bilan birga mazkur tushunchaga berilgan ta’riflardan ijodkorlik hodisasini izohlash murakkab ekanligi anglanadi. Ijodkorlikni rivojlantirish ijodiy jarayonni tashkil etish, shaxsning ijodiy salohiyati, ijodiy fikrlash, ijodiy faollik, ijodiy qobiliyat va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish bilan o‘zaro aloqador ekanligini ko‘rsatdi (5-rasm). Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling