Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi


Metodologik ta’minot manbalari


Download 1.4 Mb.
bet14/94
Sana09.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#259669
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
Bog'liq
2 5449644085021246148

Metodologik ta’minot manbalari. Pedagogika fani bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarinig metodologik ta’minoti qator o‘ziga xosliklariga ega. Metodologik ta’minoti manbasi tushunchasi tadqiqotchi uchun mo‘ljal olishga imkon beruvchi va ierarxik mansublikka ega alohida turdagi bilimlar yig‘indisini anglatadi.

Tadqiqotchi uchun mo‘ljal olishga yordam beruvchi birinchi metodologik manba falsafiy qoidalar va undagi metodologik funksiyalardir. Masalan, nazariya va amaliyot birligi haqidagi nazariya. Ana shu tarzda falsafa metodologik ta’minot manbalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

Metodologiyaning bir nechta darajalarining mavjudligi umumfalsafiy qoidalar, shuningdek, umumilmiy metodologiya darajasida ishlab chiqilgan bilimlar va yondashuvlarni metodologik ta’minot tarkibiga kiritishga teng huquq beradi.

Metodologiyaning yana bir manbasi pedagogika sohasida tadqiqi qilingan ilmiy ishdir. Mazkur tadqiqotlarning natijalari yaxlitlikda pedagogikaning o‘ziga xosliklari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, pedagogik faktlar, pedagogik nazariyalarni shakllantirish shart-sharoitlari, pedagogikaning obyekti va predmeti va mustaqil amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlar haqidagi bilimlarni o‘zida aks ettiradi. Ushbu tadqiqotlarda ta’lim sohasida qo‘llaniladigan fan metodlari haqidagi bilimlar konkretlashtiriladi. Mazkur tadqiqotlarning vazifasi – pedagogik fanlarni amaliyot bilan aloqadorlikda rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari, pedagogik tadqiqotlar samaradorligi va sifatini oshirish tamoyillari, pedagogika qo‘llaniladigan tushunchalar va metodlarni tahlil etishni aniqlashtirishdan iborat.

Metodologik bilimlar amaliy pedagogik faoliyat qonuniyatlari va tashkiliy tizimlarini aniqlashda o‘ziga xos vazifalariga ega bo‘lgan maxsus-ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun asos sifatida xizmat qiladi.

Yuqorida bayon etilgan pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning ikki turi bir tomondan metodologik, ikkinchi tomonidan maxsus-ilmiy tahlilga tegishli ekanligi haqida gapirish imkonini beradi. Ular turli obyekt va yo‘nalishlarga ega va muammo doirasi bilan bir-biridan farq qiladi.

Maxsus-ilmiy tadqiqotlar (masalan, ta’lim va tarbiya qonuniyatlari) bevosita pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan, o‘z navbatida mazkur voqelikni ilmiy aks ettiruvchi – metodologik tadqiqot sifatida ham qaraladi (ta’lim amaliyotini ilmiy asoslash usullari). Mazkur farq metodologik tadqiqot jarayonida uni nazariyada aks ettirishning samarali usullari va nihoyasida mazkur nazariyani amaliyotga ta’sirini kuchaytirish maqsadida pedagogik faoliyatga murojaat qilish zarurati yuzaga chiqadi. Masalan, o‘qitishni ilmiy asoslash usullarini tadqiq etishda ta’lim metodlari haqidagi tasavvurlar turli metodlarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar yuzaga keladi. Aynan amaliyotdagi kamchiliklar olimlarni fanga, ilmiy bilishdagi bo‘shliqlarga murojaat qilishni, keyin ushbu kamchilik va bo‘shliqlarning yuzaga kelish sabablarini metodologik tahlil qilishga murojaat qilishga majbur qiladi. Amaliyot uchun pedagogikada qo‘llaniladigan tushunchalarni tartibga solish, kompleks tadqiqotlarni samarali tashkil etish uchun pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqdorligi mexanizmini o‘rganish katta ahamiyatga ega.

Metodologik tadqiqot aynan tadqiqiy tavsifga ega bo‘lishi lozim, ya’ni istalgan ilmiy tadqiqotga qo‘yiladigan talablar to‘liq bajarilishi lozim, umumiy mulohaza va konspektiv xarakterga ega bo‘lib qolmasligi zarur. Pedagogika sohasida konkret metodologik tadqiqot xususiy maxsus predmetiga ega va u yoki bu fan bo‘limlari holati, amaliyot uchun yo‘naltirilgan normativ materiallarni asoslash xarakteri va sifati, pedagogik konsepsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish dalillarida aks etuvchi empirik materiallarga tayanadi.

Empirik tavsifdagi (metodologik empiriya) metodologik bilimlar ilmiy bilish usullarini qo‘llash haqidagi tadqiqotchining fikr-mulohazalari, ya’ni metodologik refleksiya natijasi sifatida aniq maxsus-ilmiy tadqiqotlar jarayonida ham shakllanadi. Qachonki, u shu tarzda tanlangan obyekt bo‘yicha o‘z harakatini kuzatib borsa, mazkur turdagi bilimlar metodologik ta’minot tarkibiga qo‘shilib boradi. Ularning o‘ziga xosligi shundaki, maxsus rejalashtirilgan metodologik ishlar hosilasi emas, boshqa (maxsus-ilmiy) obyektga maqsadli tadqiqot mahsuli garovi sifatida namoyon bo‘ladi. Empirik bilimlar obyektga bog‘langan bo‘lib, shuning uchun umumiy tavsifga ega bo‘lmaydi. Ularni qo‘llash mazkur tadqiqot vazifalari bilan cheklanadi.

Masalan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish yo‘llarini ishlab chiqish jarayonida asoslovchi tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish natijasida olingan tadqiqotchining shaxsiy tajribasi boshqa, masalan o‘quv materiallarini strukturalashtirish muammosi bilan shug‘ullanayotgan kishi uchun qo‘l kelishi ehtimoldan yiroq. Hech iloji bo‘lmaganda, tizimli yondashuvda qo‘llaniladigan modellashtirish, ideal obyektlarni kosntruksiyalash kabi ilmiy metodlarga taalluqli metodologik orientirlarga tayaniladi.

Metodologiya sohasi va maxsus-ilmiy sohani bir-biridan farqlash zarur: metodologik tahlil obyekti va maxsus-ilmiy obyekt tahlil, metodologik muammolar va maxsus-ilmiy muammolar, metodologik va maxsus-ilmiy tadqiqotlar. Metodologik faoliyat sohasida maxsus-ilmiy tadqiqotlar ta’minotini metodologik tadqiqotnikidan farqlash zarur.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling