Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5. PEDAGOGIK TADQIQOTNING MATEMATIK-STATISTIK METODLARI
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ta’limiy mezonlar va indikatorlar deganda nima tushuniladi? Individual-shaxsiy rivojlanish mezonlariga nimalarni kiritish mumkin? Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mezonlarini manbalardan o’qib-o’rganing. Ta’lim sohasini rivojlantirishning maxsus mezonlari va ko‘rsatkichlarini mustaqil ravishda aniqlashtiring va loyiha ko’rinishida taqdim eting. 4.5. PEDAGOGIK TADQIQOTNING MATEMATIK-STATISTIK METODLARI Tayanch tushunchalar: tanlamalar, gipoteza, boshlang‘ich gipoteza, tasodifiy miqdor, korrelyatsion bog‘lanish, tekshirish metodi, birinchi jinsli xato, ikkinchi jinsli xato, t-mezon, f-mezon, x2 -mezon, ruxsat etilganlik mezoni, ozodlik darajasi, dispersiya, taqsimot funktsiyasi, kritik qiymat, bosh to‘plam, normal taqsimot. Matematik-statistik metod ilmiy tadqiqotda keng qo‘llanilishi hozirgi davr fanining o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Matematik-statistik metodning qo‘llanilishi tadqiqot samaradorligini oshiradi, pedagogik voqelikning aniq ifodalash, mavjud voqelikning ichki bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlash, uni har xil sharoitda samaradorligi, rivojlanish darajalarini bilish, baholash imkoniyatlarini oshiradi. Pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqish ilmiy ishlarni samaradorligini kafolatlaydi. Pedagogik tadqiqotda miqdoriy baholash ta’limiy, tarbiyaviy voqelikni mohiyati va matematik tilda ifodalash metodikasidir. Pedagogik tushuncha aniqligi, matematik tilda uni ifodalash, tadqiqot natijalarini umumlashtirishni osonlashtiradi. Pedagogik tadqiqotni matematikalashtirish ilmiy sifat darajasi aniq bo‘lishiga bog‘liq. Muayyan voqelikni natijani faqat darajalarini tahlilida nazariyani yaratilgani, nazariy tushunchalar matematik tilda ifodalanishi farazni asosolaydi. Sifatiy tahlil, miqdoriy tahlilda yanada samarali bo‘ladi. Matematik metoddan samarali foydalanish asosi maxsus metodlar tizimini rivojlanishi bilan bog‘liq. Maxsus metodlarni taraqqiy etgani matematik metodga manba’ tayyorlaydi, uyg‘unlikda ilmiy tadqiqot natijasini interpretatsiya natijasini oshiradi. Matematikalashtirish har bir fanning predmeti uning tarixiy taraqqiyoti fundamental bog‘liq murakkab va samarali jarayondir. Pedagogikada nazariy tadqiqotlar natijasiga o‘lchovli yondoshish 19 asr oxiri 20 asr boshlarida joriy etila boshlandi. Miqdoriy baholash metodi nazariy , eksperimental tadqiqotlarning, didaktikaning asosiy metodidan biri bo‘ldi. Ammo bu metodikaga germenevitik pedagogika, madaniyat pedagogikasi, falsafiy pedagogika, ekzisttensialistik pedagogika tarafdorlari qarshi chiqdilar. Shunga qaramay, eksperimental pedagogika rivojlandi, matematik statistik metod pedagogik tadqiqotlarning samarali metodlaridan biri bo‘lib qoldi. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining keng rivojlangani pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish imkoniyatlarini, zaruriyatini yanada oshirdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni rivojlanishi sifatini miqdoriy tahlili keng qo‘llanilmoqda. Pedagogik tadqiqotlarning matematik tili, lingvistikasining shakllanishi ta’lim-tarbiya nazariyasining ifodalovchi vositasiga aylangan. Bu esa pedagogik voqelik, tadqiqot natijalarini muayyanlik darajasini oshiradi. SHuning uchun pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish tadqiqot metodlaridan ko‘ra ilmiy konsepsiya, nazariyani ifodalovchi samarali vositaga aylanmoqda. Matematik metodning evrestik xususiyatini oshirish, pedagogik tadqiqotlarni yangilik yaratish, ijodiy izlanish, fikrlash omilkorligini oshirmoqda. SHuning uchun bo‘lajak olimlarni pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish madaniyati ilmiy tadqiqot intensivligini ta’minlaydi. Matematik tahlil metodini qo‘llashda: dalillarni miqdoriy sonlar bilan ifodalash zaruratini asoslash; sonlar bilan umumlashtirish maqsadini yoritish; tablitsalarni oddiy, tushunarli til bilan umumlashtirish; eng muhim miqdorni, jadvalni taqdim etish; jadvallarni gorizantal va vertikal tahlil qilish kabi tamoyillarga amal qilinadi. Pedagogik tadqoqitlarda matematik-statistik metodni qo’llashni quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling