Pedagogik takt о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi


O'qituvchining rejissyorlik va aktyorlik ko'nikmalari


Download 86 Kb.
bet3/12
Sana15.12.2022
Hajmi86 Kb.
#1008183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Pedagogik taktika

O'qituvchining rejissyorlik va aktyorlik ko'nikmalari.
Pedagogik va aktyorlikning o'zaro o'xshashliklari ko'p. Bu ushbu faoliyatlar mohiyatidan kelib chiqadi. Har ikkala faoliyat negizida insonlar ongiga ta'sir etish masalasi yotadi. Aktyor sahnadagi rol orqali, pedagog turli pedagogik ta'sir vositalari yordamida inson ongida oldindan ko'zlangan o'zgarishlarni amalga oshirishga harakat qiladilar. Bu kasblarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi yana bir narsa - bu har ikkalasi ham ommaga qaratilib, omma nigohida amalga oshirilishidir.
O'qituvchining o'quv-tarbiyaviy mashg'ulot, tadbirlarini "ssenariy"sini ishlab chiqishi, unda o'quvchilar faoliyatini boshqarishi bu kasbni rejissyor kasbiga yaqinlashtiradi.
O'qituvchilar talabalar diqqatini jamlash, e'tiborini vaqt davomida yo'naltirib turish qanchalik qiyinligini yaxshi biladilar. Shunda o'qituvchilarga aktyorlik mahorati katta yordam beradi. Buyuk ras dramaturgi K.S.Stanislavskiyning aktyorlar bilan ishlash sistemasi pedagogning aktyorlik mahoratini oshirishga katta imkon beradi.
Ushbu sistemaning asosiy maqsadi - aktyorning bor qobiliyatlarini осhib berishdir. Bu o'qituvchi uchun ham zarur. K.S.Stanislavskiy sistemasining birinchi tamoyili hayot haqiqatidir. Sahnada yolg'on bo'lishi mumkin emas (o'qituvchi harakatlarida samimiyatsizlik, ikkiyuzlamachilikka o'rin yo'q).
Ikkinchi tamoyil - buyuk masala tamoyili. Buyuk masala bu artistning asosiy maqsadi - ya'ni insonlar ongiga muayan g'oyani singdirishning asosiy maqsadi. O'qituvchi ham o'z faoliyatida pedagogue buyuk masalani doimo yodda tutishi kerak: nima uchun mehnat qilyapmiz? Pirovard natijamiz nima?
Uchinchi tamoyil - faollik va harakat tamoyili. Aynan harakatda insonning jismoniy va psixik mohiyatining birligi namoyon bo'ladi. Pedagogik harakat o'qituvchining ma'lum maqsadga yo'naltirilgan ongli harakatidir. Ushbu harakatda jismoniy va psixik mohiyat birligi mavjud bo'lsa, o'qituvchi yuqori natijalarga erishadi. Pedagog shaxsi harakatda namoyon bo'lar ekan, harakat asoslangan, maqsadlashgan va mahsuldor bo'lishi kerak.
O'qituvchi ijodkordir. Uning ijodi talabalarga bevosita amalga oshirilayotgan emosional ta'sirda, jonli nutq, jonli harakatda namoyon bo'ladi.
Pedagog ham aktyor kabi o'zining psixik-jismoniy yaxlitlik holatida farliyat vositasi rolini o'ynaydi. Shuning uchun u o'z organizmini sozlashi, uni zarur paytda to'g'ri harakatni amalga oshira olishini ta'minlashi kerak.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling