Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish


Academic Research in Educational Sciences


Download 425.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana05.04.2023
Hajmi425.88 Kb.
#1277055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
61-68

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 3 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
64
 
March, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bо‗yicha ilmiy 
tadqiqot-larni rivojlantirish kabi masalalardan iborat bо‗ldi. 
YUNESKO insonparvar va tarakkiyparvar tashkilot sifatida xalqaro 
muammolarni о‗rganish bilan muntazam shug‗ullanib kelmoqda. 1971 yilda 
YUNESKO sobiq bosh direktori Rene Mais Fransiya Bosh vaziri Edgaro Foraga 
murojaat qilib maxsus guruhga rahbarlik qilishni, tezkor о‗zgarishlar rо‗y berayotgan 
bir sharoitda jahon ta‘limi oldiga qо‗yilgan maqsadni va uni amalga oshirish uchun 
aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni iltimos qildi. 
Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob 
dо‗konlarida "Yashash uchun о‗qish. Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga" (Learning to 
be The world of edication today and tomorrow) kitobi paydo bо‗ldi. Bu vokeaga 
roppa-rosa 35 yil vaqt о‗tgan bо‗lsa-da, ma‘ruzaning asosiy g‗oyalarini eslash 
foydadan xoli bо‗lmaydi. Boz ustiga bu kitob boshqalari kabi mamlakatimiz keng 
auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga aylanmagan. 
Komissiya tomonidan jahon ta‘limining joriy holati tahlil qilinib asosiy 
yо‗nalishlari belgilandi. Komissiya milliy Konsepsiya, shuningdek maorif va 
tarbiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun о‗z tavsiyalarini ifoda etdi. 
Bu konsepsiyaning bosh g‗oyasi: inson butun xayoti davomida tiklanish holatida 
bо‗ladi, demak u о‗z potensialini faqat uzluksiz ta‘lim jarayonidagina amalga 
oshiradi-doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini faollashtirishga intiladi. 
Shu boisdan ma‘lumotlilik faqat ma‘lum xajmdagi bilimlarni uzatish bilan bog‗liq 
holda emas, inson о‗z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini aniqlaydigan 
omil sifatida tushunish kerak. Eng asosiysi, Edgaro Fora tomonidan "zamonaviy 
texnologiya ta‘limni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch" ekanligi qayd 
etildi. 
Bu davrda ta‘lim tizimidagi о‗zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: 
ba‘zi birlari amaliyotdagi mavjud ta‘limni takomillashtirishni afzal kо‗rsalar, 
boshqalari о‗z oldilariga hozirgi ta‘lim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib 
qо‗ydi. Nihoyat, uchinchilari esa jamiyatni о‗zgartirmasdan turib ta‘lim tizimini isloh 
qilish mumkin emasligini, vaqtni boy bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan 
ta‘lim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga kirishish kerakligini e‘tirof 
etadilar. 
Bugun О‗zbekistan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati 
qurish yо‗lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh 
qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta‘lim 
ustuvorligi qaror topdi. О‗quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‗or 
pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash zarurati ham Kadrlar 



Download 425.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling