Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish


Download 425.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana05.04.2023
Hajmi425.88 Kb.
#1277055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
61-68

 
 
XULOSA 
Bugun esa PT mavzusi bо‗yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy 
konferensiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez kо‗zga 
tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib borayotganligi quvonchlidir. 1997 yil 
may oyida Samarqand Davlat universitetida о‗tkazilgan "Oliy ta‘limning hozirgi 
dolzarb muammolari" Oliy о‗quv yurtlariaro ilmiy-metodik konferensiyaning yalpi 
yig‗ilishida "Pedagogik texnologiya: konseptual taxlil" mavzusida ma‘ruza qilindi 
[21]. Ma‘ruzada ta‘limni texnologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy buyurtma sifatida 
mavjudligi e‘tirof etildi, PT ta‘rifi, mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi 
metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi. 
PT muammolariga oid olimlarning fikrlari vaqtli nashrlarda, "Ma‘rifat", 
"Uchitel Uzbekistana" kabi gazetalarda muntazam ravishda yoritilib turibdi. Demak, 
bu mavzu nazariyasi va amaliyoti kо‗p ming sonli auditoriyaga 
kirib borayapti, о‗qituvchilar kunlik faoliyatlarida ulardan 
foydalanayotganligi ma‘lum. 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 3 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
67
 
March, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
XXI asrga qadam qо‗yish arafasida G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik 
metodik asar - о‗quv qо‗llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi 
keltiriladi [24]. Olim PTlarni о‗n ikki turga ajratgan. 
Bu tasnifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni о‗tmishda qо‗llanilgan, 
hozirgi kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qо‗llash mumkin bо‗lgan 
texnologiyalar bilan tо‗liq tanishtirishdir. Ularning kо‗pchiligi sizga mutlaqo notanish 
ekanligiga ham ishonamiz, biroq bundan tashvishga tushishga xojat yо‗q. Bu haqda 
G.K.Selevkoning kitobidan tо‗liq ma‘lumotlarni olishingiz mumkin (24). Tasnifdan 
kо‗rinib turibdiki, olimning о‗zi ham har doim ilmiy jihatdan asoslangan va 
hammaga ham tushunarli bо‗lgan texnologiyalarni keltirish lozimligi oldida hisob 
beravermaydi. 
Shunday qilib, PT konsepsiyasining rivojlanish tarixini kuzatish natijalari 
asosida bu sohada sermashaqqat izlanish-larni olib borayotgan tadqiqotchilarni 
faoliyat darajalariga bog‗lik holda shartli uch guruhga ajratish mumkin: 
1. Ba‘zi "jonkuyar" olimlarning PTni pedagogikadagi zamonaviy yо‗nalishi, 
deb an‘anaviy yondashishlari va о‗z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qо‗l 
urishlari. Ular "tasodifiy" guruh vakillaridir. 
2. Ta‘limning bugungi axvoliga qayg‗uradiganlar va uni informatika
inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish, deb qaraydigan "qisman ijodkor" 
guruhiga mansub tadqiqotchilar. 
3. Bu guruh a‘zolari texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon, deb 
hisoblaydilar va yangi sifatiy muammolarni yechish uchun ta‘limni evolyusion 
jarayonga kо‗tarish shartlaridan biri ekanligini e‘tirof etgan holda ijod qilmoqdalar. 
Ular "ilmiy" guruhni tashkil etadilar. 

Download 425.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling