Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish
Download 425.88 Kb. Pdf ko'rish
|
61-68
- Bu sahifa navigatsiya:
- Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 3 | 2023 ISSN: 2181-1385
- March, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
XULOSA Bugun esa PT mavzusi bо‗yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferensiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez kо‗zga tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib borayotganligi quvonchlidir. 1997 yil may oyida Samarqand Davlat universitetida о‗tkazilgan "Oliy ta‘limning hozirgi dolzarb muammolari" Oliy о‗quv yurtlariaro ilmiy-metodik konferensiyaning yalpi yig‗ilishida "Pedagogik texnologiya: konseptual taxlil" mavzusida ma‘ruza qilindi [21]. Ma‘ruzada ta‘limni texnologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy buyurtma sifatida mavjudligi e‘tirof etildi, PT ta‘rifi, mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi. PT muammolariga oid olimlarning fikrlari vaqtli nashrlarda, "Ma‘rifat", "Uchitel Uzbekistana" kabi gazetalarda muntazam ravishda yoritilib turibdi. Demak, bu mavzu nazariyasi va amaliyoti kо‗p ming sonli auditoriyaga kirib borayapti, о‗qituvchilar kunlik faoliyatlarida ulardan foydalanayotganligi ma‘lum. Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 3 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 67 March, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal XXI asrga qadam qо‗yish arafasida G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik metodik asar - о‗quv qо‗llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi keltiriladi [24]. Olim PTlarni о‗n ikki turga ajratgan. Bu tasnifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni о‗tmishda qо‗llanilgan, hozirgi kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qо‗llash mumkin bо‗lgan texnologiyalar bilan tо‗liq tanishtirishdir. Ularning kо‗pchiligi sizga mutlaqo notanish ekanligiga ham ishonamiz, biroq bundan tashvishga tushishga xojat yо‗q. Bu haqda G.K.Selevkoning kitobidan tо‗liq ma‘lumotlarni olishingiz mumkin (24). Tasnifdan kо‗rinib turibdiki, olimning о‗zi ham har doim ilmiy jihatdan asoslangan va hammaga ham tushunarli bо‗lgan texnologiyalarni keltirish lozimligi oldida hisob beravermaydi. Shunday qilib, PT konsepsiyasining rivojlanish tarixini kuzatish natijalari asosida bu sohada sermashaqqat izlanish-larni olib borayotgan tadqiqotchilarni faoliyat darajalariga bog‗lik holda shartli uch guruhga ajratish mumkin: 1. Ba‘zi "jonkuyar" olimlarning PTni pedagogikadagi zamonaviy yо‗nalishi, deb an‘anaviy yondashishlari va о‗z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qо‗l urishlari. Ular "tasodifiy" guruh vakillaridir. 2. Ta‘limning bugungi axvoliga qayg‗uradiganlar va uni informatika inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish, deb qaraydigan "qisman ijodkor" guruhiga mansub tadqiqotchilar. 3. Bu guruh a‘zolari texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon, deb hisoblaydilar va yangi sifatiy muammolarni yechish uchun ta‘limni evolyusion jarayonga kо‗tarish shartlaridan biri ekanligini e‘tirof etgan holda ijod qilmoqdalar. Ular "ilmiy" guruhni tashkil etadilar. Download 425.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling