Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish
Academic Research in Educational Sciences
Download 425.88 Kb. Pdf ko'rish
|
61-68
- Bu sahifa navigatsiya:
- March, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 3 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 63 March, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Didaktikaning bu yо‗nalishiga e‘tibor nixoyatda oshib borishini 70-yillarda о‗tkazilgan qator xalqaro konferensiyalar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada о‗tkazilib kelinadi va anjuman materiallari "Pedagogik texnologiya jihatlari" (Aspects of Educational Technology) nomida nashr qilinadi. Shu kabi ma‘lumotlarni keltirishni g‗arb davlatlari misolida yana ham davom ettirish mumkin, biroq chizma bunga ehtiyoj qoldirmaydi. Yuqoridagilarning о‗zidayoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida xodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yо‗nalish sifatida shakllanganligini ta‘kidlab turibdi. Tahlillarning kо‗rsatishicha, bu davrda PT ikki yо‗nalishda muxokama qilindi va rivojlantirildi: birinchisi-о‗quv jarayoniga texnik vositalarini qо‗llash bilan bog‗lik bо‗lsa (shu jumladan dasturli ta‘limning texnik vositalari), ikkinchisi - о‗qitish texnologiyasi masalalarini, ya‘ni о‗quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta‘lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bо‗lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi. Shu yerda birinchi konferensiya materiallari (1966 yil) tо‗plamning kirish maqolasida yozilgan juda muhim dalilni keltirish о‗rinlidir: "ikki tushuncha- "pedagogika" va "texnologiya"larni qо‗shish mantiqi tortishuvlarga sabab bо‗layapti. Chunki "texnologiya" sо‗zi sinf xonasiga texnikani kiritish va "degumanizatsiya" (insonparvarlikdan voz kechish) g‗oyasi bilan tavsiflanishi pedagogik kasb vakillarini chо‗chitishi mumkin". Albatta, bu fikr ma‘lum darajada tо‗g‗ri bо‗lishi mumkin. Biroq texnokratik fikrlash (texnikaning inson va uning qadriyatlari ustidan ustunligi) fanda qoralanadi yoki inson xech qachon "temir mashina"ga tobe bо‗lmaydi, balki uni о‗z akl-zakovati bilan yaratadi va boshqaradi. Bu muammoning psixologik jihatlari bо‗lib kam о‗rganilgan soha. 70-yillarning boshiga kelib о‗quv jihozlarining turli hillarini va о‗qitishning predmetli vositalarini loyihalash va ishlab chiqarishni yо‗lga qо‗yish zaruriy shartlardan biriga aylandi, ularsiz ilg‗or metodika va о‗qitish shakllari samarasiz bо‗lishi, ta‘lim sifatiga erishib bо‗lmasligi anglab yetildi. Shu boisdan sobiq sotsialistik lagerdagi davlatlarda ham bu sohada ma‘lum xajmdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1965 yilda sobiq SSSR Pedagogika Fanlari Akademiyasida "О‗quv jihozlari va о‗qitishning texnik vositalari" ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi va hozir ham Rossiya ta‘lim akademiyasi instituti sifatida faoliyat kо‗rsatayapti. 1973 yilda Vengriyada "О‗qish texnologiyasi Davlat Markazi" bevosita YUNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi о‗qitish texnologiyasining yangi qirralarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling