Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish
Academic Research in Educational Sciences
Download 425.88 Kb. Pdf ko'rish
|
61-68
- Bu sahifa navigatsiya:
- March, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 3 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 64 March, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bо‗yicha ilmiy tadqiqot-larni rivojlantirish kabi masalalardan iborat bо‗ldi. YUNESKO insonparvar va tarakkiyparvar tashkilot sifatida xalqaro muammolarni о‗rganish bilan muntazam shug‗ullanib kelmoqda. 1971 yilda YUNESKO sobiq bosh direktori Rene Mais Fransiya Bosh vaziri Edgaro Foraga murojaat qilib maxsus guruhga rahbarlik qilishni, tezkor о‗zgarishlar rо‗y berayotgan bir sharoitda jahon ta‘limi oldiga qо‗yilgan maqsadni va uni amalga oshirish uchun aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni iltimos qildi. Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob dо‗konlarida "Yashash uchun о‗qish. Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga" (Learning to be The world of edication today and tomorrow) kitobi paydo bо‗ldi. Bu vokeaga roppa-rosa 35 yil vaqt о‗tgan bо‗lsa-da, ma‘ruzaning asosiy g‗oyalarini eslash foydadan xoli bо‗lmaydi. Boz ustiga bu kitob boshqalari kabi mamlakatimiz keng auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga aylanmagan. Komissiya tomonidan jahon ta‘limining joriy holati tahlil qilinib asosiy yо‗nalishlari belgilandi. Komissiya milliy Konsepsiya, shuningdek maorif va tarbiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun о‗z tavsiyalarini ifoda etdi. Bu konsepsiyaning bosh g‗oyasi: inson butun xayoti davomida tiklanish holatida bо‗ladi, demak u о‗z potensialini faqat uzluksiz ta‘lim jarayonidagina amalga oshiradi-doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini faollashtirishga intiladi. Shu boisdan ma‘lumotlilik faqat ma‘lum xajmdagi bilimlarni uzatish bilan bog‗liq holda emas, inson о‗z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini aniqlaydigan omil sifatida tushunish kerak. Eng asosiysi, Edgaro Fora tomonidan "zamonaviy texnologiya ta‘limni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch" ekanligi qayd etildi. Bu davrda ta‘lim tizimidagi о‗zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: ba‘zi birlari amaliyotdagi mavjud ta‘limni takomillashtirishni afzal kо‗rsalar, boshqalari о‗z oldilariga hozirgi ta‘lim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib qо‗ydi. Nihoyat, uchinchilari esa jamiyatni о‗zgartirmasdan turib ta‘lim tizimini isloh qilish mumkin emasligini, vaqtni boy bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga kirishish kerakligini e‘tirof etadilar. Bugun О‗zbekistan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yо‗lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta‘lim ustuvorligi qaror topdi. О‗quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‗or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash zarurati ham Kadrlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling