Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish


Academic Research in Educational Sciences


Download 425.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi425.88 Kb.
#1277055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
61-68

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 3 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
65
 
March, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
tayyorlash milliy dasturini rо‗yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu 
pedagogik fenomenning paydo bо‗lishi va rivojlanish jarayonini о‗rganishga tarixiy 
yondashmokdamiz. 
1977 yilda Budapeshtda о‗tkazilgan о‗qitish texnologiyasi bо‗yicha Xalqaro 
semenarda ta‘limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog‗lik omillar rus olimi 
S.G.Shapovalenko tomonidan quyidagicha belgilandi: texnikani bilish va mukammal 
egallash; audiovizual fondi bilan tanish bо‗lish; texnik vositalardan foydalanish 
metodikasini egallash. 
Biroq bu fikrning bir yoqlamaligi yaqqol kо‗zga tashlanadi. Undan farqli 
о‗laroq g‗oyalar shu seminar ishtirokchilari tomonidan aytildi. Misol uchun, venger 
olimi L.Salai о‗qitish texnologiyasi doirasini bir muncha kengaytirishga urinadi: 
rejalashtirish, maqsad tahlili, о‗quv tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, 
maqsad va mazmunga mos keladigan metodlar, vositalar va materiallarni tanlash 
bevosita PTni loyihalashdagi о‗qituvchi faoliyatiga xosligini ta‘kidlaydi. Shunga 
yaqin fikrlar, ya‘ni о‗qitish texnologiyasi о‗zida yordamchi vosita va yangi tizimni 
qamrab olgan holda о‗quv jarayonini rivojlantirishga, uning tashkiliy shakllarini, 
metodlarini, mazmunini о‗zgartirgan holda о‗qituvchi va о‗quvchilarning pedagogik 
tafakkurlashiga ta‘sir kо‗rsatishi J.Seller tomonidan ta‘kidlandi. Bu ma‘lumotlar 
shundan dalolat beradiki, 70-yillar oxiriga kelib chet ellarda texnika rivoji va ta‘limni 
kompyuterlash darajasiga bog‗lik holda PTning ikkita jihatlari alohida ajratilib 
kо‗rsatilgan va tadqiq qilingan: 1) о‗quv jarayoniga texnik vositalarni joriy etish; 2) 
amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish. Misol uchun, 
Yaponiyada bu davrda olib borilgan tadqiqotlar о‗quv jarayonini texnolo-
giyalashtirishning birinchi yо‗nalishi, ya‘ni ta‘limning yangi texnik vositalarini 
yaratish va о‗quv jarayoniga qо‗llash bilan bevosita bog‗lik bо‗lgan (Noshinisono 
Harou, Edicational Technology in Japan, Audio shal Instinction, November, 1979). 
Bunday holat boshqa kator davlatlar uchun ham harakterli bо‗lib, PTning 
ikkinchi yо‗nalishi-nazariy-didaktik jihatlari 80-yillarning boshida AqSH va 
Angliyada tadqiqot obyektiga aylandi. Chunki "texnologiya" sо‗zi keng ma‘noda 
nazariy bilimlarni amaliyot maqsadiga kо‗chirish, bu kо‗chirishning aniq yо‗llarini 
ishlab chiqish zarurati e‘tirof etildi. 
Shunday qilib, 80-yillarda PTning mohiyatini oydinlashtirishga bо‗lgan 
urinishlar yanada davom ettirildi. Bu soha Rossiyalik pedagog olimlarning diqqatini 
ham jalb eta boshladi. PTning rivojlanish tarixi T.A.Ilinaning ilmiy maqolalarida 
burjua didaktikasining yо‗nalishi sifatida talqin etilsada, u 
birinchilar qatorida о‗z hamkasblarini bu muammo bilan 
shug‗ullanishga da‘vat etadi va chet el maktablari va 



Download 425.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling