Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida reja
Download 60 Kb.
|
Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik texnologiya fan sifatida.
- Pedagogik texnologiya ”
Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida reja: 1. Pedagogik texnologiya fan sifatida. 2. Pedagogik texnologiyaning maqsad va vazifalari. 3. Pedagogik texnologiyalar fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 4. Pedagogik texnologiyalar fanining metodologik asoslari. Pedagogik texnologiya fan sifatida. Pedagogik texnologiya (PT) – pedagogikaning shunday bilimlar sohasiki, bu orqali ta’lim va tarbiya tizimida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilandi, talaba-yoshlarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari, bilimga chanqoqlik, o‘z-o‘ziga ishonch, yangicha dunyoqarash shakllanadi. “Pedagogik texnologiya” – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, ushbu tushunchani ta’riflashdan oldin, “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritish lozim sanaladi. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan “texnos” (techne) – san’at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Biroq, ushbu ta’rif zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – ma’lum bir mahsulot yaratish borasida mehnat qurollari bilan mehnat obyektlariga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasidagi ish faoliyati. Ana shu ta’rifni pedagogik texnologiyaga ko‘chirish mumkin. Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi) ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayoni. “Pedagogik texnologiya” atamasi birinchi bor pedagogikaga oid ishlarda XX asrning 20-yillarida kirib kelgan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasiga turlicha ifodalashlar mavjud. “Pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya”, “Yangi axborot texnologiyalari”, “Ta’limiy texnologiyalar”. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – “pedagogika” va “texnologiya”lar tutashlaridan paydo bo‘lgan fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladi. Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga intilmoqdalar. Bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish yanada keng darajada tus oldi. Buni tahlil qiladigan bo‘lsak, jamiyatimizda qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni yetishtirib kelgan pedagogikaning o‘ziga xos uslublari mavjud bo‘lib, pedagogik jamoatchilikning ko‘p qismi shu yo‘ldan boradi. Afsuski, jahonda o‘zining mustahkam o‘rnini egallashga intilayotgan jamiyatga bu yo‘l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. Chunki: birinchidan – taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi; ikkinchidan – fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligi natijasida axborotlar hajmining ko‘payib borayotganligi; uchinchidan – an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rganligi tufayli “Axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki yuksak bilimlar manbaiga aylanib qolganligi; to‘rtinchidan – jamiyat o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilamlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi; beshinchidan – yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or darajadagi bilimni berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir. Pedagogik texnologiyalar fani yuqorida sanab o‘tilgan 5 ta muhim shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’lim sohasidir. Ayni vaqtda Respublikamizdagi barcha yo‘nalishlar bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, xulosalash va talaba-yoshlarga yetkazib berishni to‘g‘ri tartibda yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Talim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling