Kuzatuv bir qator yutuqlarga ega:
Xohlangan vaqtda ishlatilishi mumkin.
Sinfda olib borilayotgan ishga xalaqit bermaydi.
Barcha hatti-harakat turlari haqida axborot beradi.
Alohida vaqt ajratgan holda maxsus tadbir o`tkazishni talab qilmaydi.
Alohida vositalar va materiallarni talab qilmaydi.
5.5. O’quvchining o’quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari va
uni tashkil etish usullari.
Ta'limda monitoring nima?
XX asrda fanda monitoring tushunchasi qo`llanila boshlandi. Boshqaruv
tizimida u o`z vaqtida sifatli axborot to`plash, ilmiy asoslangan axborotni qayta
ishlash, saqlash. tarqatishni o`z ichiga oladi. U ilmiy izlanish orqali yig`ilganligi
uchun u yoki bu sohaning xulosalar asosida kelgusidagi rivojini ta'minlaydi. Ya'ni,
sohaning hozirgi ahvoliga baho beradi, istiqbolini bashorat qilishga yordam beradi.
Pedagogikaga monitoring tushunchasi ekologiya va sotsialogiyadan kirib
kelgan.
Ekologiyada monitoring - tashqi muhitni doimiy ravishda kuzatish orqali
tabiatga me'yoridan ortiq tashqi ta'sir xavfining oldini olishga qaratilgan. Ya'ni
tabiatga salbiy oqibat olib keluvchi tashqi omillardan ogohlantirishga xizmat qiladi.
Sotsiologiyada tashqi, ichki omillar va ularga salbiy ta'sirlarning oldini olishni
o`rganadi.
Ta'limiy monitoring - pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish, u haqida axborot
to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli va taraqqiyotiga ta'sir
etishdan iborat.
Masalan, o`quv jarayonining o`quvchi shaxsiga ta'sirini o`rganish bo`yicha
doimiy kuzatuvlar orqali axborot to`plash, saqlash, qayta ishlash orqali uning ahvol,
taraqqiyoti, istiqbolini belgilash.
Shaxsni o`rganib, kuzatib, nazorat etib borish orqali, uning rivojiga o`quv
jarayonining ta'sirini aniqlab borish.
Ta'lim sohasidagi monitoring - pedagogik kategoriya bo`lib, mazkur sohadagi
boshqaruv faoliyatini tartibga solib borishga yordam beradi.
Monitoring natijasida olingan axborotlar tahlili asosida pedagogik jarayon va
uni boshqarishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va samaradorligini oshirish chora-
tadbirlarini ilmiy asoslangan holda belgilash imkoniyati hosil bo`ladi.
Axborotlar tahlili va xulosalar asosida maktab, o`qituvchi faoliyatiga tuzatish
va o`zgarishlar kiritib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |