Pedagogik texnologiya turlari
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
oqitishning zamonaviy usullari fani boyicha oquv materiallari
Tayyorgarlik Yakunlash Tahlil Amalga
oshirish Rejalar
tuzish, vositalarni, kadrlarni tayyorlash O`z-o`zini doimiy
monitoring qilib borish Monitoringni bajarish jarayonini hamda olingan natijalarni tahlil qilish, solishtirish, qiyoshlash, umumlashtirish Monitoring o`tkazish rejalarini amalga oshirish, natijalarni to`plash 54
Monitoring muddatlari
Davriy Doimiy Maxsus
Shaxsiy Uzluksiz Muntazam Alohida
qaror, buyruqlar bilan belgilanadiga n vaqtlarda o`tkaziladi Tegishli me’yoriy hujjatlarda oldindan belgilab qo`yilgan vaqtlarda o`tkaziladi Kundalik yoki haftalik natijalarni uzliksiz aniqlab borish monitoringi O`z-o`zini doimiy
monitoring qilib borish Monitoringning ta'lim muassasalarida yangi faoliyat turi sifatida shakllanishi, rivojlanishi Monitoring ta'lim faoliyatiga xolisona baho berishda, maktab ichki boshqaruvini takomillashtirishda maktab raxbarlari uchun qulay vositadir. Monitoring o`qituvchi, ota-ona, o`quvchilar faoliyatidagi kamchilik va yutuqlarni xolislik bilan ko`rsatib, kelajakni bashorat etuvchi va rivojlanishga olib keluvchi o`ziga xos vositadir. Eng muhimi u o`quv jarayoniga aralashmay, halaqit bermay, tashqi va ichki muhit ta'sirlarini aniqlab beradi. Monitoring xulosalari va tavsiyalari rahbar uchun ishni tahlil etish, tanqid qilish, takliflar kiritish va ularni amaliyotga tatbiq etish orqali o`quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirib borish imkoniyatini beradi. Shu asosda boshqaruv tizimi samaradorligini va ta'lim sifatini takomillashtirilib boriladi. Shu maqsadda maktablar, shahar, tumanlarda o`quv faolligini tahlil etish guruhlari, markazlar tashkil etilishi yaxshi natijalar beradi. Maktab faoliyatida monitoringni qo`llash uchun uning yo`nalishi, maqsadi, vazifalari, o`tkazish tartiblari bo`yicha o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar orasida keng tushuntirish ishlari olib borilsa, seminar, konferensiya, treninglar o`tkazilsa, uni tushunish, o`zlashtirish, faoliyatda qo`llash shuncha oson kechadi. Ta'lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitga, talablarga hamda ta'lim-tarbiya faoliyatiga tanqidiy qaray olish, choralar ko`rish imkoni yaratiladi. Yig`ilgan tajribalarni ommalashtirish, yoyish, tatbiq etish imkoni tug`iladi. Eng muhimi istiqboldagi ishlarni, maqsad, vazifalarni oydinlashtirishga yaqindan yordam beradi.
55
Monitoring maktab rahbariyati, o`qituvchilar, ota-onalar, mahalla orasida axborot-almashinuvi orqali ta'lim sifatini va ta'limda ishtirok etuvchilar mas'uliyatini oshirishga olib keladi. Shu munosabat bilan monitoring orqali rahbar va pedagog kadrlar hamda o`quvchilar o`z ishlariga tanqidiy yondoshuv asosida ijodiy ishlash ko`nikmalarini orttirib boradilar. Agar monitoring shaklan, mazmunan o`zlashtirib olinsa, ta'limga tatbiq etilsa, ta'limda ishtirok etuvchi har bir shaxsni ishga yangicha munosabatda bo`lishga, yondashishga, izlanishga, tashabbus ko`rsatishga odatlantiradi.Yangicha yondashuv, qarashlar - yaxshi natijalar bera boshlaydi. Ta'lim ichki boshqaruvida samarali uslublar qo`llanishiga olib keladi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling